Gurbanguli Berdimuhamedov Samarqandda Hazrati Xizr majmuasiga va «Boqiy shahar» bog‘iga tashrif buyurdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev va turkman xalqining milliy yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedov diqqatga sazovor joylarni tomosha qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
23 aprel kuni prezident Shavkat Mirziyoyev va turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov birgalikda Hazrati Xizr majmuasiga tashrif buyurib, Islom Karimov xotirasiga hurmat ko‘rsatdilar. Qabrga gullar qo‘yildi. Qur’on tilovat qilindi.
Shuningdek, birgalikda «Silk Road Samarkand» xalqaro turizm markazidagi «Boqiy shahar» tarixiy-etnografik bog‘i hududida tashkil etilgan madaniy tadbirlarda ishtirok etdilar.
Oliy martabali mehmon o‘zbek xalqining boy madaniy merosini aks ettiruvchi ko‘rgazmalar, hunarmandchilik va amaliy san’at namunalari bilan tanishdi. Raqs jamoalarining chiqishlaridan iborat madaniy dastur namoyish etildi.
Mavzuga oid

15:15
O‘zbekiston va Slovakiya o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlari o‘rnatildi

12:06
Ko‘ksaroyda Robert Fitsoni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

16:35 / 08.06.2025
Bolgariya prezidenti 9 iyun kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi

19:07 / 07.06.2025