Namanganda oilaviy bog‘cha tarbiyachisi 1,5 yosh bolaning oyog‘ini kuydirib qo‘ygani aytilmoqda
Kun.uz'ga murojaat yo‘llagan qizaloqning onasiga ko‘ra, holat Pop tumani Sang qishlog‘idagi oilaviy bog‘chalardan birida 23 aprel kuni yuz bergan. Ona farzandining oyog‘i kuygani, biroq unga birinchi yordam qilinmay, 3-4 soat qarovsiz ushlab turilganini ta’kidlamoqda.

Foto: Kun.uz
Onaning aytishicha, tarbiyachi bolaning yonida issiq suvni qoldirgan, uning e’tiborsizligi tufayli qizaloqning oyog‘i kuygan.
“Tarbiyachi kuydirgan. Oyog‘i kuygandan so‘ng meni chaqirmagan ham, 3-4 soat olib o‘tirgan. Shifokorga ham olib bormagan, qizingiz uxlayapti – deb olib o‘tiravergan, olgani borsam aytyapti kuydirib qo‘ydim – deb. Keyin o‘zim o‘z hududimizdagi tez yordamga bordim. O‘sha yerda birinchi yordam qilishdi.
Tez yordamdagilar ham “nimaga zudlik bilan bizga olib kelmaydi” deb aytishdi. Birovning bolasining oyog‘ini kuydirar ekan-da, yana bemalol yurar ekan uyida. Nimaga qaramadingiz, nimaga issiq suvni yoniga qo‘yasiz – desam, meni uyidan haydab soldi. Yaxshiroq qaramabsiz-da desam, hech nima qilmaydi deb er-xotin biz bilan urushdi, qo‘lingdan kelganini qil dedi”, – deydi qizaloqning onasi Madina Ro‘ziboyeva.
Ro‘ziboyeva so‘zlarining isboti tariqasida bir qancha suratlar va video taqdim etdi. Videoda bog‘cha rahbariyati bilan tortishuv bo‘lgani, bir erkak ayolga qarata “istagan joyiga borib murojaat qilishini” dag‘dag‘a qilgani ko‘rinadi.
Murojaatchi bog‘cha hech qanday hujjatsiz faoliyat yuritayotganini, buni esa o‘zi ham endi bilganini qayd etdi.
Mavzuga oid

16:51
Toshkentda kamera yo‘q xonada bolani urgan bog‘cha xodimi ishdan olindi

14:15 / 14.04.2025
22 yoshli qotil, uch qurbon va kichik guvoh – Popdagi qotillik tafsiloti

14:46 / 01.04.2025
“Yetim qolgan nevaralarim ko‘ziga qaray olmayapman” - Popda oyog‘i sinishi bilan operatsiya qilingan bemor vafot etdi

12:08 / 24.03.2025