Saida Mirziyoyeva va O‘g‘iljahon Atabayeva Samarqanddagi inklyuziv ta’lim markazi faoliyati bilan tanishdi
Prezident yordamchisi ushbu uchrashuv bolalar va oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shma tashabbuslarni rivojlantirish uchun yaxshi asos bo‘lishiga ishonishini bildirdi.

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Gurbanguli Berdimuhamedov nomidagi Homiylikka muhtoj bolalarga ko‘maklashish xayriya jamg‘armasining tibbiy faoliyat bo‘yicha vitse-prezidenti O‘g‘iljahon Gurbanguliyevna Atabayeva bilan «Inson» ijtimoiy xizmatlar markaziga tashrif buyurdi.
Saida Mirziyoyeva qardosh Turkmanistondan tashrif buyurgan qadrdon mehmon — O‘g‘iljahon Gurbanguliyevna Atabayevani O‘zbekistonda kutib olishdan benihoya mamnun ekanini qayd etdi.
Bugun, 24 aprel kuni ular birgalikda «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi va Samarqand shahridagi inklyuziv ta’lim markazida bo‘lib, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalarini qo‘llab-quvvatlash, ta’lim olish imkoniyatidan teng foydalanish uchun sharoit yaratish ishlari bilan tanishdi.
«Ushbu uchrashuv bolalar va oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shma tashabbuslarni rivojlantirish uchun yaxshi asos bo‘lishiga ishonaman», — deb yozadi prezident yordamchisi.
Shuningdek, Saida Mirziyoyeva turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedovga «Oliy Darajali Do‘stlik» ordenini tantanali topshirish marosimida qatnashganini ham ta’kidladi.
«Prezidentimiz ta’kidlaganidek, Gurbanguli Malikguliyevich qardosh mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, shuningdek, Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashga beqiyos shaxsiy hissa qo‘shganlar.
Ushbu oliy mukofot bilan chin dildan muborakbod etamiz va O‘zbekistonga tashrifingiz bilan samimiy qutlaymiz», — deb yozadi Saida Mirziyoyeva.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva 29 mart kuni O‘g‘iljahon Gurbanguliyevna Atabayeva taklifiga binoan Turkmanistonda tashkil etilgan «Tinchlik va ishonch yili: bolalar uchun xalqaro faoliyatni rivojlantirish» nomli xalqaro konferensiyada ishtirok etgandi.
Mavzuga oid

21:48 / 15.04.2025
«Kurash hech qachon tugamaydi». Saida Mirziyoyeva oiladagi zo‘ravonlikka qarshi qonunga kiritilgan o‘zgartirishni olqishladi

16:21 / 12.04.2025
Saida Mirziyoyeva bolalar uchun kontent yaratishni yangi bosqichga olib chiqish zarurligini ta’kidladi

11:11 / 11.04.2025
Saida Mirziyoyeva «Donocha» kabi loyihalarni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi

18:50 / 07.04.2025