Fransiyalik olimlar akulalar hujumining ortishiga ijtimoiy tarmoqlar aybdor ekanini aytdi
Tadqiqotlar davomida aniqlanishicha, aslida akulalar odamlarga hujum qilishga moyil emas, hujumlarning katta qismi - qo‘rqib ketgan yirtqichning o‘zini himoya qilish instinktidir.

Foto: REUTERS
Fransiyalik olimlar akulalar xulq-atvori ustida keng ko‘lamli tadqiqotlar o‘tkazib, yirtqichlar hujumida ko‘pincha odamlarning o‘zlari aybdor ekanini aniqladi. So‘nggi yillarda tobora ko‘payib borayotgan hujumlar esa ijtimoiy tarmoqlar va taniqli shaxslar sabab yuzaga kelmoqda.
Orollarni o‘rganish va atrof-muhit observatoriyasi markazining katta ilmiy xodimi Erik Kluaning ta’kidlashicha, aslida akulalar odamlarga hujum qilishga moyil emas, hujumlarning katta qismi — qo‘rqib ketgan yirtqichning o‘zini himoya qilish instinktidir. «Ijtimoiy tarmoqlardagi ko‘plab mashhur insonlar qilganidek, akulalar xavfsiz ekanini isbotlashga urinib, ularning yelka suzgichiga yopishib olish yoki silashni tavsiya qilmayman», — deydi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, odamlar Yorkshir tereri va pitbulni farqlay oladi, shu bois ularning ikkinchisini silash uchun yoniga bormaydi. Ammo akulalarni umuman farqlay olmaydiganlarda bu mantiq negadir ishlamay qoladi.
Tadqiqotda ta’kidlanishicha, akulalar odatda xavfni his qilsa, hujum uyushtiradi. Qurbonlar asosan turistlar, shuningdek, ochiq dengizdagi baliqchilar bo‘ladi — akulalar ularni yegulik yoki o‘z hududi uchun raqib sifatida qabul qiladi. Shu bilan birga, olimlarning aniqlashicha, akulalar o‘zini himoya qilish vaqtida hech qachon darhol hujumga o‘tmaydi, avvaliga odam bilan aloqadan qochishga urinadi. Bu kabi holatda ular qattiq tishlamaydi va og‘ir jarohatlarni yuzaga keltirmaydi. Bu akulalarning ov vaqtidagi hujumlaridan butunlay farq qiladi — bunday holatda o‘lja o‘ldirilishi va yeyilishi kerak.
Mavzuga oid

23:00 / 25.04.2025
Fransiya Rossiyaning nobiometrik xorijga chiqish pasportlarini tan olishni to‘xtatadi

22:10 / 22.04.2025
Bloomberg: Makron muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazishi mumkin

19:22 / 21.04.2025
«Telegram hech qachon shaxsiy xabarlarni oshkor qilmagan» – Durov Fransiya parlamenti qarorini olqishladi

14:52 / 21.04.2025