Jamiyat | 19:20
3113
1 daqiqa o‘qiladi

Qibrayda ichimlik suvi quvuri ustidan ariq tortilmoqda

Qibray tumanining Bo‘ston mahallasida beton ariqchalar yotqizish uchun yo‘l chekkasi kavlanyapti. E’tiborlisi, ariq naq ishlab turgan suv tarmog‘ining ustiga yotqizilyapti: eskirgan, ayrim joylari yorilgan quvurlarning ustiga. Qazish jarayonida ham eski quvurlarga shikast yetkazilgan. Ertaga quvur yorilsa, ta’mirlash uchun yap-yangi beton ariqni yorishga to‘g‘ri keladi.

Foto: Kun.uz

Qibray tumanidagi Chinobod qishlog‘i, Bo‘ston mahallasida bo‘lgan Kun.uz muxbiri qiziq manzaraga shohid bo‘ldi.

Mahallaning ichki yo‘li bo‘ylab ariq qazilyapti. Mahalliy aholi vakillariga ko‘ra, ariqni qazishdan maqsad – tomorqalarni sug‘orish uchun yuqori ariqdan suv keltirish. Lekin...

Holatning ajibligi shundaki, beton ariq (“lotok”) to‘g‘ridan to‘g‘ri ichimlik suvi quvurlari ustidan yotqizilyapti. Quvurlar shundoq ham eskirib, bir qator joylari yorilgan. Boz ustiga, qazish jarayonida o‘sha eski quvurlarga ham shikast yetgan.

O‘zi qoniqarsiz, eskirib ketgan quvurlar endi betonning ostida qolsa-yu, ertaga darz ketgan joylardan suv chiqib ketsa, aniqki, suvsozlar yangi beton ariqni buzib, quvurlarni ta’mirlashiga to‘g‘ri keladi.

Mavzuga oid