Samarqandda Lacetti piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan o‘nga yaqin kishini urib ketdi
Videoda qolgan mashinalar piyodalarni o‘tkazib yuborish uchun to‘xtab turgani, ammo Lacetti haydovchisi katta tezlikda harakatlanib kelib, yo‘lovchilarni bosib ketgani, yo‘lakchada bolalar aravachasi ham bo‘lganini ko‘rish mumkin. IIB esa bu holat haqida ikki hafta o‘tib ma’lumot bermoqda.

Foto: Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrida Lacetti yo‘lni kesib o‘tayotgan bir guruh fuqarolarni urib yuborgani aks etgan video lavha tarqaldi. Samarqand viloyati IIB YTH yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, YTH 11 aprel kuni soat 20:00 larda Samarqand shahri Nurli yo‘l mahallasi hududidan o‘tuvchi Rudakiy ko‘chasida sodir bo‘lgan. 1997 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvida bo‘lgan Lacetti piyodalar o‘tish yo‘lagidan yo‘lni kesib o‘tayotgan fuqarolarni urib yuborgan.
Tarmoqlarda tarqalgan videoda bir nechta mashina piyodalarni o‘tkazib yuborish uchun to‘xtaganini, Lacetti mashinasi esa katta tezlikda kelib, piyodalar yo‘lagini kesib o‘tayotgan fuqarolarni urib, qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketganinin ko‘rish mumkin. Haydovchi kamida 6-7 kishini urib yuborgan. Ular orasida bolalar ham bor.
Qayd etilishicha, YTH oqibatida tan jarohati olgan piyodalar shifoxonaga yetkazilib, tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Holat yuzasidan Samarqand shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Haydovchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mazkur modda bo‘yicha aybdor deb topilgan shaxs muayyan huquqdan mahrum qilib, 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid

11:58
“Efirda uzilish va qotish bo‘lgan” – Samarqand va Andijondagi attestatsiya jarayonlari yuzasidan munosabat bildirildi

11:17
Samarqandda piyodalar yo‘lakchasidagi hodisa oqibatida bir kishi vafot etgan

08:35
Jizzaxda Tracker yuqori tezlikda do‘konga urildi

13:02 / 24.04.2025