Kim Chen In «imperialistik qaroqchilar»ga qarshi mo‘ljallangan kemani suvga tushirdi
U esminetsning suvga tushirilishini «ilg‘or harbiy dengiz kuchlarini qurish yo‘lidagi boshlang‘ich nuqta» deb atadi.

Foto: AP
KXDR yetakchisi Kim Chen In «qo‘pol imperialistik qaroqchilar»ga qarshi kurash bo‘yicha missiyalarni bajaradigan va KXDR harbiy-dengiz kuchlari tarkibiga kiruvchi yangi ko‘p maqsadli Chve Ryon kemasini (esminets) suvga tushirish marosimida ishtirok etdi, deb xabar berdi Koreya markaziy axborot agentligi.
Marosim Nampo kemasozlik zavodida bo‘lib o‘tdi. Koreya Mehnat partiyasi markaziy qo‘mitasi kotibi Cho Chun Ryon so‘zlariga ko‘ra, kema 5 ming tonna suv sig‘imiga ega va «eng kuchli qurollar» bilan jihozlangan.
Harbiy esminets Koreya xalq armiyasi dengiz flotining Sharqiy dengiz floti qo‘mondoni Pak Gvan Sobga topshirildi. Uning ta’kidlashicha, «dengizdagi shafqatsiz imperialistik qaroqchilarning hukmronligini buzishga qodir bo‘lgan eng kuchli qurollarga ega bo‘lish istagi» amalga oshdi.
Kim Chen In so‘zlariga ko‘ra, «Koreya ovozi» davlat radiosi iqtibos keltirishicha, eng yangi esminetsning suvga tushirilishi tarixiy ahamiyatga ega va KXDR «dengiz suverenitetini izchil himoya qiluvchi kuchlarni yaratish» uchun zarur. U esminetsning suvga tushirilishini «ilg‘or harbiy dengiz kuchlarini qurish yo‘lidagi boshlang‘ich nuqta» deb atadi.
Mavzuga oid

21:48 / 16.04.2025
KXDR Ukrainadagi urush ortidan 20 mlrd dollarga yaqin daromad ko‘rdi - Janubiy Koreya

21:51 / 15.04.2025
Reuters: Rossiya frontda foydalanayotgan o‘q-dorilarning yarmini KXDR yetkazib bermoqda

00:15 / 15.04.2025
KXDRda mamlakat tarixidagi eng katta harbiy kemani qurish boshlandi

18:28 / 08.04.2025