O‘zbekiston | 17:00 / 26.04.2025
1584
1 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Xalqaro oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida shaxmat turniri o‘tkazildi

Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti tashabbusi bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Toshkent viloyati hokimligi, Angren shahar hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi hamda O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi bilan hamkorlikda 2025 yilning 26 aprel kuni Toshkent viloyatining Angren shahrida 30 ga yaqin nufuzli xalqaro oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida Shaxmat bo‘yicha turnir o‘tkazildi.

Tashkil etilgan tadbirda quyidagi masalalarga ham e’tibor qaratildi:

I. Xalqaro shaxmat federatsiyasining (FIDE) talablariga muvofiq, rapid yo‘nalishida, 7 turdan iborat shveysar tizimi asosida O‘zbekiston shaxmat federatsiyasining xalqaro toifadagi tajribali hakamlari tomonidan musobaqaning shaffof va xolis hamda yuqori saviyada o‘tishini ta’minlash;

II. Yoshlar bilan ishlashda xalqaro oliy ta’lim muassasalari, yoshlar bilan ishlash bo‘limi rahbarlarining birinchi yig‘ilishi o‘tkazilib,  unda yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy faolligini oshirish, ularning shaxsiy rivojlanishi, yetakchilik qobiliyatini shakllantirish va ijtimoiy-intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan dasturlar yuzasidan ham fikr almashildi.

III. Shuningdek, institutning turizm va mehmondo‘stlik maktabi professor-o‘qituvchilari, iqtidorli talabalar Ohangaronning O‘rg‘ozsoy hududidagi “Iloq” etnofestivalida faol ishtiroki ta’minlandi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid