Namanganda hojatxonaga tushib ketgan 3 yoshli bola qutqarildi
Namangan viloyati Uychi tumanida nazoratsiz qolgan bola uyidagi hojatxonaga tushib ketdi. FVV xodimlari uni qutqarib oldi.

Foto: FVV
26 aprel kuni Namangan viloyati Uychi tumanida uyidagi hojatxonaga tushib ketgan uch yoshli bola qutqarib qolindi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Xo‘jaobod” MFYda yashovchi fuqaro kunduzi 112 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, 2022 yilda tug‘ilgan o‘g‘li nazoratsiz qolgach, mazkur hodisa ro‘y berganini aytib yordam so‘ragan.
FVV qutqaruvchilari uni olib chiqib, hayotini saqlab qolgan.
Eslatib o‘tamiz, mart boshlarida Samarqandda hojatxonaga tushib ketgan chaqaloq qutqarilgan edi. O‘shanda ayol shifoxona hojatxonasiga kirganida ko‘zi yorigan va holsizlangan holda chaqalog‘ini ehtiyotsizlik bilan hojatxona teshigiga tushirib yuborgandi.
Mavzuga oid

22:51 / 27.05.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi

23:54 / 26.05.2025
Namanganda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» vaqtida qizlarning sochi yonib ketdi

17:17 / 22.05.2025