Jahon | 09:45
1301
2 daqiqa o‘qiladi

Isroil Bayrutdagi "Hizbulloh" inshootiga zarba berganini ma’lum qildi

"Hizbulloh" obekti aniq nishonga olindi, deb xabar berdi Isroil. Livan Fransiya va AQShni Isroilga ta’sir o‘tkazishga chaqirdi.

Foto: Hussein Malla/AP/dpa/picture alliance

Isroil harbiy-havo kuchlari 27 aprel, yakshanba kuni Bayrut janubidagi nishonga havodan zarba berdi, deb xabar qildi AFP.

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning idorasi ma’lum qilishicha, zarba «Hizbulloh» guruhi tomonidan raketalarni saqlash uchun foydalanilgan binoga berilgan.

AFP ta’kidlashicha, TSAHAL avvalroq mahalliy aholiga hujum sodir bo‘lgan hududdan evakuatsiya qilinish zarurligi haqida ma’lum qilgan. Livan poytaxtidagi agentlik muxbiri agentlik «zich yashaydigan» deb ta’riflagan Hadath hududidagi hujum va undan keyingi yong‘inga guvoh bo‘ldi.

Biroq fuqarolik infratuzilmasiga zarar yetganligi va qurbonlar haqida ma’lumotlar yo‘q. Livan telekanallarida angarga o‘xshash inshoot yaqinidagi yong‘in tasvirlari paydo bo‘ldi.

Livan prezidenti Jozef Aun Isroilning zarbasini qoralab, buni "Hizbulloh" va Isroil o‘rtasida noyabr oyi oxirida erishilgan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvining navbatdagi buzilishi deb atadi. Avvalroq kamida ikkita shunga o‘xshash havo hujumi haqida xabar berilgan edi.

Aun bitim tuzilganida Livan xavfsizligining kafillari sifatida harakat qilgan Fransiya va Qo‘shma Shtatlarni Isroilga ta’sir o‘tkazishga va «uni hujumlarini darhol to‘xtatishga majbur qilishga» chaqirdi. Netanyaxu idorasi, o‘z navbatida, "Hizbulloh"ning Bayrutdagi infratuzilma obektida raketalarni saqlashi kelishuvni buzish ekanligini ta’kidladi.

Mavzuga oid