AQShda Wikipedia tarixga oid ma’lumotlarni manipulyatsiya qilishda ayblandi
Kolumbiya okrugi federal prokurori Wikimedia fondiga xat yo‘llab, bir qator savollarga javob olishni istayotganini bildirdi.

Foto: Getty images
Kolumbiya okrugi federal prokurori Edvard Martin Wikipedia onlayn ensiklopediyasini propaganda va AQSh tarixiga oid ma’lumotlarni manipulyatsiya qilishda aybladi.
Martin tomonidan Wikimedia fondiga yo‘llangan xatda aytilishicha, platformadagi axborot manipulyatsiyasi muhim tarixiy voqealar hamda amaldagi va sobiq Amerika yetakchilarining biografik ma’lumotlarini qayta yozishni, shuningdek, «AQSh manfaatlari va milliy xavfsizligiga taalluqli boshqa masalalarni» o‘z ichiga oladi.
Prokurorning so‘zlariga ko‘ra, bunday yondashuv tashkilotning ta’lim missiyasiga ziddir. Martin Wikimedia’ga fondning ma’lumotlarni joylashtirishda shaffoflik, javobgarlik va xavfsizlik bo‘yicha amaliyotiga oid 10 ga yaqin savol yuborgan. Prokuror may oyining o‘rtalarigacha ularga javob olishni xohlamoqda.
Prokuror Martin tashkilotning xatti-harakatlari uning soliqdan ozod qilinganlik maqomiga zid bo‘lishi mumkinligini aniqlamoqda.
Wikipedia o‘zini o‘zi boshqaruvchi model asosida faoliyat yuritadi, istalgan odam uning sahifalariga o‘zgartirish kiritishi mumkin — bunda faqat oldin e’lon qilingan ishonchli manbalarga havola beriladi. Shu bois hech kim Wikipedia’ga oldin e’lon qilinmagan, yangi ma’lumotni joylashtira olmaydi. Saytda ma’lumotlarni tekshirib, tahrirlash bilan volontyorlar shug‘ullanadi.
Mavzuga oid

23:33 / 30.10.2024
Hindistondagi yirik yangiliklar agentligi Wikipedia’ni sudga berdi

11:15 / 22.08.2023
O‘zbekistonlik fotosuratchilar Wiki Loves Earth tanlovida ikkinchi bo‘ldi

23:28 / 15.01.2020
Turkiya Wikipedia’dan taqiqlovni oldi

09:08 / 26.11.2019