O‘zbekiston | 20:59 / 29.04.2025
1619
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda go‘sht yetishtirish oshgani qayd etildi

O‘tgan yili birinchi chorakda 545 ming tonna go‘sht yetishtirilgan bo‘lsa, bu yil ushbu ko‘rsatkich 564 ming tonnadan oshdi. Bu davrda sut, tuxum va sabzavot yetishtirish hajmida ham o‘sish kuzatildi.

Foto: Kun.uz

2025 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda 564,1 ming tonna go‘sht (tirik vaznda) yetishtirilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.

Taqqoslash uchun, o‘tgan yilning mos davrida go‘sht yetishtirish hajmi 544,8 ming tonnani tashkil etgan. Shunga ko‘ra, bu borada joriy yilgi o‘sish 3,5 foizni tashkil etmoqda.

Sut yetishtirish hajmi ham oshgan. 2024 yil 1-choragida 1,9 mln tonna sut olingan bo‘lsa, joriy yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 2 mln tonnaga yetgan.

Hisobot davrida tuxum yetishtirish hajmi 1,4 milliard tonnadan 1,5 milliard tonnagacha oshgan.

Sabzavot yetishtirish 75,3 ming tonnadan 79 ming tonnaga yetgan.

Umuman, Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil yanvar-mart oylarida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 52,7 trln so‘mni tashkil etgan. Bu – 2024 yilning mos davri bilan taqqoslaganda 3,8 foizga ko‘p.

Mavzuga oid