Patrushev Rossiyaning Odessaga da’vosini e’lon qildi
Xavfsizlik Kengashining sobiq kotibi so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaning «Qora dengiz mintaqalari» aholisi «o‘z kelajagini o‘zi belgilashi kerak».

Foto: Getty images
Ukrainaing Odessa shahri ikki asrlik tarixi davomida Rossiyaniki bo‘lib kelgan, biroq hozir aholisining katta qismi Ukraina hukumati bilan hech qanday aloqasi bo‘lishini istamaydi, dedi Rossiya prezidenti yordamchisi Nikolay Patrushev.
Xavfsizlik Kengashining sobiq kotibi so‘zlariga ko‘ra, Ukrainaning «Qora dengiz mintaqalari» aholisi «o‘z kelajagini o‘zi belgilashi kerak».
«Mamlakatimiz xalq irodasini hurmat qiladi. Buni Qrim, Sevastopol, Donbass va Novorossiyaning Rossiya tarkibiga kirishi tajribasidan ham ko‘rish mumkin», dedi Patrushev, Moskva Ukraina yerlarini anneksiya qilgan «referendumlar»ga shama qilib.
Odessa shahriga Rossiya imperatori Yekaterina II asos solgan, Rossiyaning Qora dengizdagi forposti bo‘lib xizmat qilgan, aholi soni va iqtisodiy rivojlanish darajasi bo‘yicha mamlakatda yetakchi o‘rinlardan birini egallagan, Ikkinchi jahon urushi yillarida esa qahramon shaharga aylangan, deb esladi Patrushev.
«Endi Odessa porti qurol uzatish markaziga, dengiz sabotajchilari uchun bazaga aylandi. Men Odessa va uning aholisining katta qismida Kiyev rejimi bilan hech qanday umumiylik yo‘qligiga ishonaman», dedi u.
Mavzuga oid

21:02
Qirg‘izistonda urushga yollashda ayblangan “Rus uyi” xodimi hibsdan qo‘yib yuborildi

20:36
Rossiyada pora orqali holatini qonuniylashtirilgan migrantlarni deportatsiya qilish taklif etildi

15:27
Isroilga qarshi sud eshituvi, Hindiston hujumini kutayotgan Pokiston va Ukrainada 9 may otashkesimi - kun dayjesti

14:06