Toshkentda AML Conference: moliyaviy xavfsizlik va komplayens bo‘yicha xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi
25 aprel kuni Toshkentda jinoiy yo‘l bilan topilgan daromadlarni legallashtirish (JYTD) va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish (TMKK) bo‘yicha xalqaro darajadagi muhim tadbir - AML Conference anjumani bo‘lib o‘tdi.

Foto: Kun.uz
“Jinoiy yo‘l bilan topilgan mablag‘larni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishning dolzarb masalalari: global tendensiyalar va mahalliy yechimlar” mavzusidagi bu tadbir AVO bank hamda Compliance Academy hamkorligida tashkil etildi.
Anjuman doirasida:
· JYTD va TMKK sohasida nazorat tizimidagi yangi o‘zgarishlar;
· FATF standartlaridagi yangiliklar va ularning oqibatlari;
· Mijozlarni raqamli identifikatsiya qilishning huquqiy asoslari;
· Qozog‘istonda AML jarayonlarini raqamlashtirish tajribasi;
· Moliyaviy tashkilotlarning ichki nazoratida sun’iy intellektdan foydalanish imkoniyatlari;
· MShOM faoliyatini samarali tashkil etish mexanizmlari masalalari muhokama qilindi.
Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, Dow Jones, BMT, EAG, AVO bank va boshqa tashkilotlar mutaxassislari ma’ruza qilishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Moliyaviy monitoring departamenti direktori o‘rinbosari Bekzod Salimov tadbirning ahamiyati haqida gapirdi:
“Bizning sohada xavf-xatarlar juda tez o‘zgaradi. Shuning uchun mutaxassislar doimiy ravishda yangi xatarlardan boxabar bo‘lishi kerak. Chunki texnologiyalar yangilanadi va xavflar ham shunga monand yangilanadi. Mutaxassis esa bunga doim tayyor turishi kerak. Bunday tadbirlar shunday yangi texnologiyalar ular ortidan kelishi mumkin bo‘lgan xavflar haqida ma’lumot almashishda yaxshi platforma bo‘lib xizmat qiladi.
AVO bank yangi banklardan biri hisoblanadi va raqamli bo‘lgani sabab ularda IT mutaxassislar hamda tajriba ko‘p. Raqamli banklarda esa legallashtirishga qarshi kurashishga oid ekspertlarni bevosita IT xodimlari bilan birga ishlashi yaxshi samara beradi. Shu sabab ularda xavflarni boshqarish tizimi yaxshi shakllangan va rivojlangan bo‘ladi. AVO bank ham shunday banklardan biri sanaladi.
Har qanday xorijiy tajribani qo‘llashdan oldin uni O‘zbekiston bozoriga muvofiqlashtirish kerak. Markaziy bank har yili bank sektori bo‘yicha xavflarni baholash ishlarini amalga oshiradi. 2024 yilda 4 ta tavsiya qo‘llanma tijorat banklariga yuborildi, ularda aynan O‘zbekiston mentalitetini hisobga olib, bank tizimidagi xavflarni boshqarishning ishlashi, undagi xodimlarning fikrlash darajasi hisobga olinib yozilgan. Jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishda xalqaro tajriba bilan mahalliy yondashuvlar orasidagi farq aniqlanadi va Markaziy bank tomonidan mamlakatimizga moslashtirib tipologik qo‘llanmalar taqdim etiladi.
“Moliyaviy texnologiyalar jadallik bilan rivojlanmoqda va shunday ekan ichki nazorat tizimi nafaqat ularga yetib olishi, balki ulardan o‘zib ketishi kerak. Biz AVO bank’da real vaqt rejimida anomaliyalarni aniqlay oladigan, soxta ijobiy faollashuvlar sonini sezilarli darajada kamaytiradigan tranzaksion xatarlarini baholash modelini joriy etdik. Hammaga ma’lumki, raqamlashtirish bank faoliyati landshaftini o‘zgartirib yubordi va dijitalizatsiya sharoitida xavfsizlikni ta’minlash uchun biz tizimlarning shaffof arxitekturasini yaratdik. Shu sababli qaror qabul qilishning barcha bosqichlari qayd etib boriladi. Bu nafaqat tizim harakatlarini nazorat qilish, balki tizimdan chetlanish yoki biron bir jarayon to‘xtatib qo‘yilishini asoslash imkonini beradi, - deydi AVO bank boshqaruvi raisi Artyom Popov.
Anjumanning ilmiy-amaliy qismini Qozog‘istonda JYTD va TMKK sohalarida mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashgan yetakchi markaz — Compliance Academy tashkil etdi. Bugunga kelib, mazkur markaz orqali 700 dan ziyod moliya bozori mutaxassislari malaka oshirgan.
AML Conference bu — moliyaviy institutlar, banklar, regulyatorlar, nazorat organlari va xalqaro tashkilotlar uchun muloqot, tajriba almashish va dolzarb muammolarga yechimlar izlash imkonini beruvchi maydon hisoblanadi.
- AVO bank ham bu sohadagi o‘z mas’uliyatini his etgan holda, qonunchilik hamda nazorat organlari talablariga rioya etishga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Bank ichki nazorat tizimlarini muntazam ravishda takomillashtirib, xodimlar malakasini oshirmoqda va shubhali operatsiyalarni o‘z vaqtida aniqlash hamda oldini olish maqsadida zamonaviy tahlil vositalarini joriy etib bormoqda. Bu haqda AVO bank komplayens-nazorat Departamenti direktori Ardak Mukasheva ma’lum qildi.
Anjumanda Jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash bo‘yicha Yevroosiyo guruhi (YeAG) ijrochi kotibi Sergey Teterukov ham o‘z ma’ruzasi bilan qatnashdi. Mutaxassis muammoga qarshi kurashishda O‘zbekiston erishgan natijalarga to‘xtaldi.
"Pul yuvish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish juda keng soha. U — xavf-xatarlarni baholash, nazorat choralari, huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati, moliyaviy razvedka bo‘limlari ishi, xususiy sektor muassasalarining faoliyati, aktivlarni muzlatish qoidalari va prinsiplaridan iborat. Agar O‘zbekiston haqida gapirsak, mamlakat 2022-yili bizning tashkilot tomonidan baholashdan o‘tkazilgan. Mazkur tadbir davomida respublikani moliyaviy razvedka sohasidagi ishlari yuqori baholangan edi. Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida ham yaxshi natijalarga erishilgan", — dedi ekspert.
AO "AVO bank"
Reklama huquqi asosida