Jamiyat | 12:13
6118
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda uyning ichiga kirib olgan ilon zararsizlantirildi

Chilonzor tumani FVB qutqaruvchilari uyning ichiga kirib olgan ilonni olib chiqdi va u tabiatga qo‘yib yuborildi.

Foto: Videodan kadr

Chilonzor tumani FVB qutqaruvchilari uyning ichiga kirib olgan ilonni zararsizlantirib, fuqaroga amaliy yordam ko‘rsatdi.

Kecha, 28 aprel kuni soat 18:57 da Toshkent shahar FVBga 112 tizimi orqali murojaat kelib tushgan.

Unda, Chilonzor tumani Beshqo‘rg‘on 4-tor ko‘chasida joylashgan uylar birining ichiga ilon kirib olganligi bildirilgan va amaliy yordam zarurligi aytilgan.

Xabarga asosan, Chilonzor tumani FVB qutqaruvchilari voqea joyiga yetib borib, uyning ichiga kirib olgan ilonni olib chiqdi va ilon tabiatga qo‘yib yuborildi.

Mavzuga oid