Putin Belarusning dronlar uchun zavod qurishga tayyorligini ma’lum qildi
Vladimir Putin Volgogradda Aleksandr Lukashenko bilan uchrashuvda Rossiyaning Belarusda uchuvchisiz uchoqlar ishlab chiqarish zavodi va tegishli laboratoriya tashkil etishga tayyorligi haqida gapirdi.

Foto: Kristina Kormilitsyna/ITAR-TASS/IMAGO
Rossiya va Belarus Belarus Respublikasida UUA ishlab chiqaradigan zavodni birgalikda qurishga tayyor. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 29 aprel, seshanba kuni Belarus yetakchisi Aleksandr Lukashenko bilan Volgograddagi uchrashuvi chog‘ida qilgan bayonotida aytiladi.
«Biz sizning mutaxassislaringiz va tegishli (ishlab chiqarish) laboratoriya bilan birgalikda zavod poydevorini qo‘yishga tayyormiz», — deya Putinning so‘zlarini keltiradi «Interfaks». Boshqa narsalar qatorida, Rossiya rahbari Belarus bilan o‘rta masofaga uchuvchi samolyotlar bo‘yicha hamkorlikda ishlash istiqbollarini tilga oldi, deyiladi xabarda.
Mart oyi boshida Belarus davlat axborot agentligi BelTA xabar berishicha, Aleksandr Lukashenkoning Rossiya UUA ko‘rgazmasiga tashrifi chog‘ida Rossiya tomoni Minskka Belarusda yiliga 100 ming donagacha quvvatga ega uchuvchisiz uchoqlar ishlab chiqarish zavodini qurishni taklif qilgan.
"Belarusda joylashgan zavod to‘liq mahalliylashtirilgan bo‘lib, barcha texnologik kompetensiyalari bu yerga olib kelingan, shu bilan birga, Rossiya va boshqa mamlakatlardagi zavodlar bilan bir vaqtda yagona texnologik platformada ishlamoqda. Asosiy taklif — bir yil ichida yiliga 100 ming donagacha mahsulot ishlab chiqaradigan shunday zavod qurish", degandi RF prezidenti administratsiyasi rahbari o‘rinbosari Maksim Oreshkin.
Mavzuga oid

15:03
AQSh Yevropaga Putin bilan muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolganini ma’lum qildi

20:48 / 29.04.2025
9 may sulhi: Rossiya va Ukraina bir-birini «manipulyatsiya»da ayblamoqda

18:28 / 28.04.2025
Putin KXDR harbiylari Kursk janglarida qatnashgani uchun Kim Chen Inga minnatdorchilik bildirdi

16:41 / 28.04.2025