AQSh Rossiyaning savdo hamkorlariga 500 foizlik boj joriy qilmoqchi
Agar Putin muzokaralar olib bormasa, ushbu sanksiyalar joriy qilinadi.

Foto: Getty images
AQSh senatorlari Rossiyaga qarshi «maydalovchi» sanksiyalar tayyorlamoqda – agar Putin muzokaralar olib bormasa, ushbu sanksiyalar joriy qilinadi. Bu haqda Donald Trampning yaqin ittifoqchisi, respublikachi senator Lindsi Grem aytdi. U 72 senator tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotganini ma’lum qildi.
Bloomberg xabariga ko‘ra, qonun loyihasi nafaqat Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etishni nazarda tutadi. Balki, Rossiyadan neft, neft mahsulotlari, tabiiy gaz yoki uran sotib oluvchi mamlakatlardan import qilinadigan mahsulotlarga 500 foizlik bojlar ham joriy qilinadi. Bundan tashqari, AQSh fuqarolariga Rossiya davlat obligatsiyalarini sotib olish taqiqlanadi.
Grem so‘zlariga ko‘ra, Rossiya prezidenti «agar Trampdan ustun turishga harakat qilsa, katta xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘ladi. Bu qonun loyihasi prezident arsenalidagi vositadir». U qo‘shimcha qildi: «Tramp muzokaralar boshi berk ko‘chaga kirib qolganiga amin bo‘lsa, u holda harakat boshlanadi». Uning fikricha, Putin oxir-oqibat tanlov oldida qoladi: yo Tramp bilan muzokaralar stoliga o‘tiradi yoki «Rossiya iqtisodiyotini yo‘q qilish» bilan yuzma-yuz keladi.
Tramp avvalroq Putinni o‘t ochishni to‘xtatish yo‘lida qadam tashlamagani uchun bir necha bor tanqid qilgan va unga nisbatan «bank va ikkilamchi sanksiyalar» bilan bosimni kuchaytirishga tayyorligini bildirgan edi.
Mavzuga oid

23:22
AQSh keyingi 100 kun ichida Rossiya va Ukraina o‘rtasida muzokaralar o‘tkazishga urinib ko‘radi

20:56
AQSh milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Mayk Uols ishdan bo‘shatildi – Fox News

18:46
AQSh kompaniyasi O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasini boshqarishga kirishdi

18:28