Jahon | 19:37 / 01.05.2025
6403
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyodagi eng keksa ayol vafot etdi

Ginnesning rekordlar kitobiga dunyodagi eng keksa ayol sifatida kiritilgan braziliyalik Ina Kanabarru Lukas 116 yoshida vafot etdi.

Foto: Getty images

Sayyoradagi eng keksa ayol — braziliyalik Ina Kanabarru Lukas 116 yoshida vafot etdi. Bu haqda Ginnesning rekordlar kitobi xabar berdi.

Ina Kanabarru Lukas 1908 yil 8 iyunda dunyoga kelgan. U 26 yoshida — Birinchi va Ikkinchi jahon urushlari oralig‘ida rohibalik yo‘lini tanlagan. Ina Kanabarru Lukasga Yerdagi eng keksa ayol maqomi 2024 yil dekabr oyida yaponiyalik Tomiko Itooki vafot etganidan keyin berilgandi — u ham 116 yoshida olamdan o‘tgan.

Amerika gerontologiya tadqiqot guruhi va dunyodagi eng keksa insonlar yoshini tekshirish bilan shug‘ullanadigan LongeviQuest ma’lumotlar bazasiga ko‘ra, endilikda sayyoraning eng keksa ayoli maqomi Buyuk Britaniyaning Surrey grafligida yashovchi Etel Katerhemga o‘tadi — u hozirda 115 yoshda.

Avvalroq AQShdagi qariyalar uyida yashovchi ayol o‘zining 104 yoshga to‘lgan kunini Nyu York shtatidagi qamoqxonada nishonlashni xohlagani, ayolning bu istagini amalga oshirishda mahalliy sherif yordam ko‘rsatgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga oid