Google Play’dan 1,6 mln ilova o‘chirib tashlandi
Googleʼning onlayn do‘konidan sifatsiz ilovalar o‘chirilmoqda. Foydalanuvchilar endi firibgarlik sxemalari, spamlar va sifatsiz kontentga kamroq duch kelyapti.

Foto: Global Look Press
Google Play platformasi 2024 yildan beri ko‘plab mobil ilovalarni o‘chirib tashladi. TechCrunch portal ma’lumotlariga ko‘ra, Google do‘konidagi ilovalar soni 3,4 milliondan 1,8 milliongacha qisqargan. Bu Google Play katalogi qariyb ikki barobarga — 47 foizga qisqarganini anglatadi.
Qayd etilishicha, bunday keskin qisqarish mobil ilovalar bozoriga ta’sir ko‘rsatmaydi. Taqqoslash uchun, xuddi shu davrda App Store’dagi ilovalar soni biroz oshgan 1,6 milliondan 1,64 milliongacha. Google ekotizimi ushbu o‘zgarishlarni ijobiy baholamoqda.
Ta’kidlanishicha, foydalanuvchilar endi firibgarlik sxemalari, spamlar va sifatsiz kontentga kamroq duch kelyapti. Vijdonli ishlab chiquvchilar esa o‘z navbatida, raqobatning adolatli shartlaridan foydalanmoqda.
Google Play uzoq yillar davomida ilovalarni onlayn do‘konga joylashtirishdan oldin App Store kabi jiddiy teshiruvdan o‘tkazmas va tezkorlikni ta’minlash uchun zararli kodlarni skanerlamas edi. Bu esa do‘konda past sifatli mahsulotlar soni ortib ketishiga olib keldi. Apple esa aksincha, doim tekshiruvlar yaxshiroq amalga oshirilishini qo‘llab-quvvatlagan.
Vaziyat 2024 yil iyulda, Google ilovalar sifatiga belgilangan mavjud minimal talablar oshirilganini e’lon qilganidan keyin o‘zgardi. Endi nafaqat yaxshi ishlamaydigan nosoz ilovalar, balki funksionalligi cheklangan loyihalar ham onlayn do‘konga joylashtirilmaydi.
Mavzuga oid

16:50 / 05.01.2020
Android uchun yangi ilovalar: dekabr oyining eng yaxshilari

14:11 / 14.03.2019
Google Play’dagi 200dan ortiq ilovada zararli dastur borligi aniqlandi

11:20 / 22.11.2018
Yarim million Android foydalanuvchilari xavfli virusni yuklab olgan

10:54 / 19.04.2018