O‘zbekiston | 10:03
5003
3 daqiqa o‘qiladi

Qorako‘l hokimi 600 mln so‘m pulni to‘lamaslik uchun fermerga bosim qilyapti – Fermerlar kengashi vakili

Sudning qarorini bajarmaslik – 600 mln so‘m pulni fermerga to‘lamaslik uchun Qorako‘l tumani hokimi fermerga jismoniy va ma’naviy bosimlar o‘tkazib kelyapti, deydi Fermerlar kengashi bosh huquqshunosi Chorixon Qodirov. 200 gektardan oshiq yerda ko‘ptarmoqli xo‘jalik tashkil qilib, uzoq yillardan beri samarali ishlab kelgan fermer onaxon tuman hokimining noqonuniy harakatlaridan jabr ko‘rib kelayotgani aytilmoqda.

Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanidagi “Do‘rman omad nuri” fermer xo‘jaligi rahbari Oltin Sottiyeva tuman hokimining turli bosimlariga uchramoqda. Bu haqda uning o‘zi Kun.uz’ga bergan intervyusida aytib o‘di.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Ma’lum bo‘lishicha, Qorako‘l tumani hokimining 2018 yil 7 iyundagi 945-sonli qarori bilan “Do‘rman omad nuri” hamda “Uchqun Do‘rman zamini” fermer xo‘jaliklarining ijara shartnomasi bekor qilingan. “Do‘rman omad nuri” fermer xo‘jalishining jami 105,39 ga, “Uchqun Do‘rman zamini” fermer xo‘jaligining esa 100,92 ga yer maydoni tuman hokimligi zahirasiga olingan. Kun.uz o‘shanda bu holatni o‘rganib, surishtiruv e’lon qilgandi.

2019 yil 11 fevralda Qorako‘l tumani hokimining tegishli qarorlari bilan “Do‘rman omad nuri” fermer xo‘jaligiga 111,42 ga, “Uchqun Do‘rman zamini” fermer xo‘jaligi 100,92 ga yer maydonlari qaytarilib, ular bilan yer ijara shartnomasi qayta rasmiylashtirilgan. 

Buxoro viloyati Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi “Do‘rman omad nuri” va  “Uchqun Do‘rman zamini” fermer xo‘jaliklari manfaatida sudga ariza kiritgan. Unda ferer xo‘jaliklari tomonidan yer maydonlariga 2017 yil noyabrdan 2018 yil iyul oyigacha bo‘lgan davrda qilgan harajatlari va olishi mumkin bo‘lgan daromadlarini Qorako‘l tumani hokimligidan undirish so‘ralgan. 

Qorako‘l tumanlararo iqtisodiy sudining 2023 yil 30 oktyabrdagi hal qiluv qaroriga ko‘ra, tuman hokimligidan “Do‘rman omad nuri” fermer xo‘jaligi foydasiga 273 mln 979 ming so‘m, “Uchqun Do‘rman zamini” fermer xo‘jaligi foydasiga esa 333 mln 286 ming so‘m undirilishi belgilangan.

Ammo oradan shuncha vaqt o‘tganiga qaramay tuman hokimligi tomonidan ushbu mablag‘ to‘lab berilmagan. Undiruv hokimlikka qaratilganda “oyog‘i og‘irlashib” qoladigan MIB ham bu holatda undiruvni ta’minlash uchun hokimlik mulkini hatlash kabi choralarni ko‘rmagan.

Xo‘jalik rahbari Oltin Sottiyevaga ko‘ra, Qorako‘l tumani hokimi qarzdorlikni qoplab bermaslik uchun unga nisbatan turli bosimlarni amalga oshirmoqda.

Oltin Sottiyeva oldinroq tuman hokimi o‘z mansabidan foydalanib, yerini olib qo‘yish uchun bir qancha tazyiqlar o‘tkazganini aytgandi.  

Mavzuga oid