O‘zbekiston | 10:50 / 02.05.2025
1088
1 daqiqa o‘qiladi

Latviya TATU huzurida maxsus maktab tashkil etishi mumkin

O‘zbekiston elchixonasi ko‘magida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent davlat axborot texnologiyalar universiteti (TATU) prorektori Komil Toshev va Riga Menejment va axborot tizimlari oliy maktabi (ISMA) prorektori Sandra Plota o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi.

Foto: Dunyo

Unda oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, kadrlar tayyorlash, ilmiy xodimlar va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Prorektor Sandra Plota O‘zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni va yaratilgan sharoitlarni inobatga olib Latviya tomoni Toshkent davlat axborot texnologiyalar universiteti bilan hamkorlik qilishdan manfaatdorligini ta’kidladi. Latviya tomoni, shuningdek, TATU huzurida axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maxsus maktab tashkil etishga qiziqish bildirdi.

"Ushbu maktabda ta’lim ingliz tilida olib boriladi va barcha bitiruvchilarga Yevropa va boshqa mamlakatlarda amal qiladigan diplom beriladi", - dedi Sandra Plota.

Muzokaralar davomida, shuningdek, universitetlar o‘rtasida ikki tomonlama diplom berish dasturini amalga oshirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

Mavzuga oid