Open AI asoschisi ko‘z gavhari orqali shaxsni tasdiqlaydigan loyihani ishga tushirdi
U internet tarmog‘ida sun’iy intellektni odamlardan ajratish imkonini berishi maqsad qilingan.

Foto: Videodan kadr
Open AI asoschisi Sem Altman va uning Tools for Humanity startapi Qo‘shma Shtatlarda yangi kriptovaluta World (WLD) sotilishini e’lon qildi. Uni ko‘z gavharini skanerlash evaziga olish mumkin, uning asosida noyob hash-kod shakllantiriladi. Ushbu kod World ID profilining egasi sun’iy intellekt emas, balki inson ekanligiga dalil bo‘lib xizmat qiladi.
Dastlab Worldcoin deb nomlangan bu tashabbus oddiy maqsadni ko‘zlaydi: internet tarmog‘ida sun’iy intellektni odamlardan ajratish qiyin bo‘lib borayotgan sharoitda kim inson, kim algoritm ekanini aniqlaydigan ishonchli tizimlar kerak.
World asoschilari bunday tizimning kelajagi porloq ekaniga ishonadi. Masalan, undan mobil to‘lovlarni amalga oshirish uchun foydalanish mumkin. Kompaniya tez orada WLD kriptovalutasini fiat valutasiga aylantirish imkonini beruvchi Visa debet kartasini chiqarishni rejalashtirmoqda.
Bundan tashqari, World ID orqali mashhur onlayn tizimlar - Telegram, Shopify, Discord va boshqalarda shaxsni tasdiqlash imkoniyati mavjud. Bu tizimlarda ham odamlarni sun’iy intellektdan ajratish ayniqsa muhim.
Ko‘z gavharini skanerlash uchun Orb deb nomlangan sharsimon qurilma yoki Orb Mini deb nomlangan smartfon ko‘rinishidagi gadjet qo‘llaniladi. Ikkalasi ham global ma’lumotlar bazasida noyob IrisCode identifikatorini yaratish va saqlashga qodir.
Loyiha, albatta, bahsli. Ammo unda allaqachon 26 million odam ro‘yxatdan o‘tdi va ularning 12 millioni tasdiqlangan. Loyiha asosan rivojlanayotgan bozorlarga qaratilgan bo‘lib, texnologiya aynan u yerda sinab ko‘rilgani ta’kidlanmoqda.
Mavzuga oid

08:10
AQSh Rossiya va Kiyev o‘rtasida «chopib yuradigan» vositachi bo‘lmaydi

22:25 / 02.05.2025
Saida Mirziyoyeva AQSh Mustaqilligi kuni munosabati bilan tashkil etilgan qabulda ishtirok etdi

21:53 / 02.05.2025
Tramp prezident samolyotini almashtirishga qaror qildi

19:35 / 02.05.2025