Mer: Xarkivga uchuvchisiz uchoqlar hujum qildi
Xarkivga Rossiya uchuvchisiz uchoqlari hujum qildi, 12 ta nuqtaga zarba berildi, deb xabar qildi shahar meri.

Foto: Sergey Bobok/AFP/Getty Images
Ukraina shimoli-sharqidagi Xarkiv shahri Rossiya Qurolli kuchlarining uchuvchisiz uchoqlari tomonidan hujumga uchradi. Bu haqda 2 may, juma kuni shahar meri Igor Terexov Telegramʼda ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, zarbalar shaharning to‘rtta tumanida – Kiyev, Osnovyanskiy, Slobodskiy va Saltovskiyda 12 ta nuqtaga berilgan. Bir qator joylarda portlashlar kuzatilib, yong‘inlar sodir bo‘ldi. 46 kishi, jumladan, 11 yoshli bola tan jarohati oldi, sakkiz nafari kasalxonaga yotqizildi, dedi Terexov.
Bir turar joy binosi, shuningdek, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, xususiy uy shikastlangan.
«Ehtiyot bo‘ling — Xarkivga yana dronlar yaqinlashmoqda!» — qo‘shimcha qildi shahar hokimi.
Ukraina harbiy-havo kuchlari ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasining Belgorod viloyatidan Xarkiv viloyati yo‘nalishi bo‘yicha uchuvchisiz uchoqlar guruhi uchirilgan. Bundan tashqari, yana bir guruh janubdan Zaporijjya yo‘nalishi bo‘yicha uchirildi, deya ta’kidladi Ukraina tomoni.
Mavzuga oid

11:07
Rasmiylar: Ukraina dronlari Rossiyaning Krasnodar o‘lkasiga hujum qildi

08:00 / 30.04.2025
Dniproda RF hujumida bir kishi halok bo‘ldi, Xarkivda o‘nlab odamlar jarohatlandi

16:15 / 29.04.2025
Rossiya O‘zbekistonda fuqarolik dronlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi

11:23 / 23.04.2025