Pepsi va Lipton Ice Tea xalqaro Brand Awards International 2024 mukofotiga sazovor bo‘lishdi
International Beverages Tashkent kompaniyasining ikkita yetakchi brendi Pepsi va Lipton Ice Tea O‘zbekistonda alkogolsiz ichimliklar bozoridagi ulkan yutuqlari uchun nufuzli Brand Awards International 2024 xalqaro mukofotini qo‘lga kiritishdi.

Foto: Pepsi
Tashkilotchilar sifatida O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Marketing uyushmasi ishtirok etdi. Mukofot asosiy mezonlar – sifat va miqdoriy ko‘rsatkichlar bo‘yicha eng muvaffaqiyatli va qimmatli brendlarni aniqlashga qaratilgan. U iste’molchilarga brendlarning bozor qiymati va ishonchliligi haqida tekshirilgan ma’lumot olish imkonini beradi.
Pepsi iste’molchilarning yuksak e’tirofi va innovatsion marketing strategiyasiga ega sifatli va ishonchli brend sifatida tan olindi. Mukofot yorqin va ilhomlantiruvchi tadbirlarni tashkil etishdagi namunali yutuqlari, shuningdek, mamlakatning ijtimoiy va sport hayotini rivojlantirishga qo‘shgan salmoqli hissasi uchun berildi.
Lipton Ice Tea – dunyoga mashhur brend bo‘lib, O‘zbekistondagi salqin ichimliklar bozorida barqaror o‘sishni namoyish etmoqda. 2024 yilda brend mahsulot turini muvaffaqiyatli kengaytirib, sohadagi mavqeini mustahkamladi. Uning tabiiylikka asoslangan va tetiklik bag‘ishlovchi imiji mamlakatdagi madaniy va ijtimoiy tashabbuslarni faol qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.
O‘zbekiston alkogolsiz ichimliklar bozori bugungi kunda Markaziy Osiyodagi eng yirik bozorlardan biri hisoblanadi. PepsiCo kompaniyasining O‘zbekistondagi rasmiy bottleri – International Beverages Tashkent kompaniyasi Pepsi, Pepsi Zero, Lipton Ice Tea, Adrenaline Rush, Rockstar, Mirinda, 7UP va Mountain Dew kabi keng turdagi ichimliklarni ishlab chiqaradi.
Kompaniyaning barcha brendlari “Halol” standarti bo‘yicha sertifikatlangan bo‘lib, bu ishlab chiqarishning yuqori tozalik, xavfsizlik va axloq-odob qoidalari standartlariga sodiqligini tasdiqlaydi. Bundan tashqari, xalqaro sifat va xavfsizlik standartlariga javob beradi: ISO 9001, ISO 45000 tizimlari va FSSC 22000 sertifikatlash sxemasi joriy etilgan.
International Beverages Tashkent O‘zbekiston ichimliklar bozorida ilg‘or o‘yinchi maqomini ishonch bilan saqlagan holda, barqaror rivojlanish yo‘lida dadil qadam tashlab kelmoqda. Kompaniyaning strategik vazifalari qatoriga o‘sib borayotgan talabga tezkorlik bilan javob berish maqsadida ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish, shuningdek, xalqaro taraqqiyot strategiyasi doirasida ishlab chiqarish jarayonlariga innovatsion yechimlarni joriy etish orqali mahsulotlar turlarini yanada ko‘paytirish kiradi.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid

17:00 / 14.09.2024
Pepsi Music Fest 2024: Toshkent faxriga aylangan jahon miqyosidagi festival!

17:00 / 04.09.2024
Pepsi Music Fest'ga juda oz qoldi!

17:00 / 20.08.2024
Toshkentda Pepsi Music Fest 2024 festivali o‘tkaziladi

16:59 / 10.07.2024