O‘zbekiston | 11:53
1744
1 daqiqa o‘qiladi

IIVda axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘rinbosar lavozimi tugatildi, yangi departament tuzildi

Ichki ishlar vazirining axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi tugatildi. O‘rniga IIV rahbari o‘rinbosari - Raqamli texnologiyalar va huquqiy statistika departamenti boshlig‘i lavozimi kiritildi. Unga polkovnik Zufar Kurbanov tayinlandi.

Foto: Ichki ishlar vazirligi

Prezident qarori bilan ichki ishlar vazirining axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi tugatildi, deya xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

Buning o‘rniga ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Raqamli texnologiyalar va huquqiy statistika departamenti rahbari lavozimi kiritildi. Unga polkovnik Zufar Kamilevich Qurbonov tayinlandi.

Zufar Qurbonov 1982 yilda tug‘ilgan. 2003 yilda Toshkent axborot texnologiyalari universitetini, 2005 yilda ushbu universitet magistraturasini, 2022 yilda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabini tamomlagan.

U 2003–2023 yillarda Uztelecom aksiyadorlik kompaniyasida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2023 yil sentabrda IIV rahbarining axborot texnologiyalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.

Mavzuga oid