Maldiv prezidenti matbuot anjumani davomiyligi bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi
Muhammad Muizzu salkam 15 soat matbuot anjumani o‘tkazib, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy tomonidan o‘rnatilgan rekordni yangiladi.

Foto: The Daily Guardian
Maldiv prezidenti Muhammad Muizzu salkam 15 soat davomida matbuot anjumani o‘tkazib, rekord o‘rnatdi, deb xabar beradi The Daily Guardian.
Qayd etilishicha, matbuot anjumani 3 may kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:00 da boshlangan va yarim tunda yakunlangan. Muizzu vaqti-vaqti bilan ibodat uchun tanaffusga chiqib turgan.
France 24 telekanalining ma’lum qilishicha, anjuman 14 soat 54 daqiqa davom etgan. U Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy tomonidan 2019 yilda o‘rnatilgan 14 soatlik matbuot anjumani rekordini yangilagan. Zelenskiydan oldingi rekord 7 soatdan ortiq ko‘rsatkich bilan Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoga tegishli edi.
Muizzu ofisiga ko‘ra, matbuot anjumani Jahon matbuoti erkinligi kuni munosabati bilan tashkil etilgan. O‘z chiqishi davomida prezident uning demokratiyadagi roli naqadar muhimligini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, aprel boshlarida Nyu Jyersidan saylangan demokrat Kori Buker senatda eng uzoq nutq so‘zlash bo‘yicha rekord o‘rnatgandi. U 25 soat davomida AQSh prezidenti Donald Tramp va uning safdoshlari siyosatini tanqid qilgan, xususan, hozirgi ma’muriyatning ijtimoiy ta’minot, ta’lim, migratsiya va sog‘liqni saqlash sohasidagi siyosatiga qarshi chiqqan edi.
Mavzuga oid

13:04 / 04.03.2025
Yaponiyada dunyodagi eng kichik bog‘ mavjud: uning maydoni yarim metrdan kam

11:56 / 06.02.2025
Yaponiyada rekord darajada qor: bir kishi halok bo‘ldi, o‘nga yaqin odam jarohatlandi

00:00 / 02.01.2025
BAAda dronlar yordamida uyushtirilgan shouda ikkita rekord o‘rnatildi

19:16 / 23.11.2024