Jahon | 11:30
1285
2 daqiqa o‘qiladi

Ruminiya bosh vaziri prezidentlik saylovlaridan keyin iste’foga chiqdi

Ruminiya bosh vaziri o‘zining markaziy so‘l koalitsiya nomzodi Antoneskuning prezidentlik saylovlarida mag‘lubiyatga uchragani va o‘ta o‘ng siyosatchi Simionning muvaffaqiyati ortidan iste’foga chiqishini e’lon qildi.

Marchel Cholaku Foto: AP

Ruminiyaning sotsial-demokrat bosh vaziri Marchel Cholaku prezidentlik saylovlarining birinchi bosqichida o‘ta o‘ng nomzod Jorjye Simion g‘alaba qozongani uchun iste’foga chiqishini ma’lum qildi. «Ovoz berish natijalari hisobga olinsa, liberallar va Vengriya ozchilik partiyasi bilan tuzilgan uning hukmron koalitsiyasi «hozirgi shaklda hech qanday qonuniylikka ega emas», dedi Cholaku 5 may, dushanba kuni Buxarestda jurnalistlarga.

Shuning uchun, uning so‘zlariga ko‘ra, u iste’foga chiqishga qaror qilgan. Cholaku prezidentga hukumat rahbari lavozimidan iste’foga chiqish to‘g‘risida ariza topshirganini ta’kidladi va bundan buyon parlamentda kerakli ko‘pchilikni tashkil etmaydigan vazirlar mahkamasi a’zolariga undan o‘rnak olishni taklif qildi.

OAV xabarlariga ko‘ra, hukumat a’zolari 18 may kuni bo‘lib o‘tadigan saylovning ikkinchi bosqichidan so‘ng yangi hukumat tuzilmaguncha ishlashda davom etadi.

Mavzuga oid