Tramp husiylar «taslim bo‘lganini» e’lon qildi
Oq uy rahbari so‘zlariga ko‘ra, Amerika harbiylari husiylar pozitsiyalarini bombardimon qilishni darhol to‘xtatadi.

Foto: AP
AQSh prezidenti Donald Tramp Yaman husiylari endi jang qilishni istamayotgani, shuning uchun Qo‘shma Shtatlar ularning pozitsiyalariga zarba berishni to‘xtatishini aytdi.
«Husiylar endi jang qilishni xohlamasligini e’lon etishdi yoki hech bo‘lmaganda bizga e’lon qilishdi. Ular shunchaki jang qilishni xohlamayapti. Va biz buni hurmat qilamiz. Va biz bombardimon qilishni to‘xtatamiz, ular taslim bo‘ldi, lekin muhimi, biz ularning so‘zlariga ishonamiz. Ular endi kemalarni portlatib yubormasligini aytdi. Va bu bizning harakatlarimizdagi asosiy maqsad edi», dedi Tramp.
AQSh prezidentining qo‘shimcha qilishicha, Amerika harbiylari husiylar pozitsiyalarini bombardimon qilishni darhol to‘xtatadi.
Husiylar – yamanlik shia jangari harakati bo‘lib, rasman «Ansorulloh» nomi bilan tanilgan. Ular Yaman hukumatiga qarshi, shuningdek, Saudiya Arabistoni va uning ittifoqchilariga faol qurolli qarshilik ko‘rsatadi, Isroilni asosiy dushmani deb hisoblaydi.
Harakat 1990-yillarda Husayn Al-Husiy ta’sirida paydo bo‘lgan va uning nomi bilan atalgan. Husiylar 2014 yildan beri mamlakat poytaxti Sanoni hamda mamlakat shimoli-g‘arbini nazorat qiladi, ammo xalqaro darajada tan olinmagan. Ular Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi va bu ularni Eron va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi kengroq mintaqaviy qarama-qarshilikning bir qismiga aylantiradi.
Shu yil mart oyida Donald Tramp, Yaman husiylarining har qanday keyingi hujumi keskin javob zarbalariga olib kelishini va «bu bilan cheklanib qolinishiga kafolat yo‘qligini» aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yamanlik jangarilar bilan yaqin aloqada bo‘lgan Eron husiylarning xatti-harakatlari uchun javobgar bo‘ladi.
«Bundan buyon husiylar tomonidan otilgan har bir o‘q Eron qurollari va rahbariyati tomonidan otilgan o‘q deb hisoblanadi va Eron javobgarlikka tortiladi va oqibatlarga tortiladi va bu oqibatlar dahshatli bo‘ladi!», deb yozdi Donald Tramp Truth ijtimoiy tarmog‘ida.
Amerika prezidentining ta’kidlashicha, Eron «husiylarning har bir qadamini nazorat qilyapti, qurol-yarog‘, moliya, yuqori texnologiyali harbiy jihozlar va hatto razvedka ma’lumotlari bilan ta’minlamoqda».
Mavzuga oid

23:08 / 06.05.2025
AQSh va G‘arbiy Yevropa aholisining qariyb yarmi Rossiya tufayli uchinchi jahon urushi boshlanishini kutmoqda

20:13 / 06.05.2025
AQSh armiyasida generallar ommaviy ravishda ishdan bo‘shatiladi

18:54 / 06.05.2025
Isroil Yaman poytaxti aeroportiga aviazarba berdi

18:12 / 06.05.2025