Fan-texnika | 18:00
1093
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh yirik kompaniyalari maktab o‘quvchilarini sun’iy intellekt davriga tayyorlashga chaqirdi

Kompaniyalar sun’iy intellekt (SI) mehnat bozorini o‘zgartirayotganini va bu sohada bilimsiz avlodlar kelajakda raqobatlasha olmasligini ta’kidlaydi.

Foto: Nikki Wallace

Qo‘shma Shtatlarning yirik kompaniyalari, jumladan Microsoft, Adobe, IBM va Cognizant kompaniyalarining 250 nafardan ortiq rahbari AQSh maktablarida majburiy kompyuter fanlari va sun’iy intellekt (SI) kurslarini o‘qitishga chaqiruvchi ochiq xatni imzoladi.

Imzolovchilar orasida Satya Nadella (Microsoft), Shantanu Narayen (Adobe), Arvind Krishna (IBM) va Ravi Kumar (Cognizant) bor. Ular agar bolalarni texnologiyaga tayyorlamasa, Qo‘shma Shtatlar boshqa mamlakatlardan ortda qolish xavfi borligidan ogohlantirmoqda.

Maktub mualliflari SI mehnat bozorini o‘zgartirayotganini va bu sohada bilimsiz avlodlar kelajakda raqobatlasha olmasligini ta’kidlaydi. Ular sun’iy intellekt va dasturlash ko‘nikmalari ish haqini 8 foizga oshirishi va 660 milliard dollarlik iqtisodiy qiymat yaratishi mumkinligini ko‘rsatadigan ma’lumotlarni keltirmoqda.

Ta’kidlanishicha, hozir Qo‘shma Shtatlarning 37 ta shtati maktab o‘quv dasturlariga informatika fanini kiritgan. Yetakchilar fikriga ko‘ra, bu yetarli emas.

Mavzuga oid