O‘zbekiston | 16:01
6747
1 daqiqa o‘qiladi

Bosh prokurorga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Otabek Xolboyev Bosh prokurorning o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori lavozimiga tayinlandi. Ushbu lavozimda ishlagan Botir Qudratxo‘jayev oldinroq Favqulodda vaziyatlar vaziri bo‘lgandi.

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

Prezidentning tegishli farmoniga asosan adliya katta maslahatchisi Xolboyev Otabek Akbarovich Bosh prokurorning o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Otabek Xolboyev tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

2022 yil noyabridan O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori lavozimida ishlab kelgan Botir Qudratxo‘jayev 2025 yil fevral oyi oxirida favqulodda vaziyatlar vaziri lavozimiga tayinlangandi

Mavzuga oid