Kuvayt Orolbo‘yida bemorlarga bepul davolash xizmatlarini ko‘rsatdi
Kuvaytning "Al-Amal" xalqaro jarrohlik guruhi Toshkentga keldi.

Foto: TIV
O‘zbekiston TIV rahbari matbuot kotibi Ahror Burhonov o‘zining Telegram kanalida yozishicha, ularning tashrifi Orolbo‘yi mintaqasida 500 ga yaqin bemorlarga bepul diagnostika va davolash xizmatlarini ko‘rsatish, aholining sog‘ligini mustahkamlash va tibbiy yordamni kengaytirish maqsadida amalga oshirildi.
Bu insonparvarlik missiyasi fuqarolarga sifatli va zamonaviy tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini yaratdi. Barcha ishlar yuqori tashkiliy hamda tibbiy darajada olib borildi.
"Al-Amal" xalqaro jarrohlik guruhi mamlakatda besh kun davomida bo‘ldi.
Mavzuga oid

15:00
Kuvayt Jizzaxda turizm komplekslarini tashkil qilishi mumkin

14:37 / 03.05.2025
Kuvayt Toshkentda yetim bolalar uchun maktab qurmoqchi

16:43 / 20.04.2025
Orolbo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirish bo‘yicha ilg‘or yondashuvlar taqdim etildi

14:19 / 25.02.2025