O‘zbekistonda xorijiy bank vakolatxonasini akkreditatsiya qilish tartibi o‘zgardi
Markaziy Bank boshqaruvining «O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy davlatlarning banklari vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritish haqida»gi qarori qabul qilindi.
Qo‘shimchaga muvofiq, xorijiy bank vakolatxonasini akkreditatsiyadan o‘tkazish uchun hujjatlarni topshirish jarayonida ariza beruvchi bank tomonidan to‘liq bo‘lmagan, noto‘g‘ri yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar taqdim etilganligi aniqlansa, Markaziy bank xatolarni bartaraf etish va ma’lumotlarni to‘ldirish uchun kamida 5 ish kuni muddat beradi. Bunda ko‘rsatilgan vaqt mobaynida arizani ko‘rib chiqish muddati to‘xtatib turiladi.
Shuningdek, Markaziy bankka kelib tushgan ariza o‘sha kunning o‘zida ro‘yxatdan o‘tkaziladi va bankka ariza qabul qilinganligi to‘g‘risida yozma yoki elektron shaklda xabarnoma yuboriladi. Agar ariza ish kuni tugagandan keyin yoki dam olish yoxud bayram kunlari kelib tushsa, keyingi ish kuni ariza kelib tushgan sana hisoblanadi.
Hujjat qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 07.05.2025 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid

22:02 / 10.01.2025
Markaziy Bank telefon qo‘ng‘iroqlariga javob berilishi oqibatida kartadan pul yechilmasligini ma’lum qildi

17:55 / 11.12.2024
Kredit olishdan ixtiyoriy voz kechish mexanizmi joriy etiladi

17:05 / 02.11.2024
O‘zbekiston sentabr oyida eng ko‘p oltin sotgan davlatlar qatoriga kirdi

18:30 / 28.10.2024