O‘zbekiston | 07:52 / 11.05.2025
3218
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistondagi zilzila kuchi vodiy viloyatlarida ham sezildi

Yakshanba kuni soat 03:03 da Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijon va Namangan viloyatlari hududida ham sezildi.

11 may kuni Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi, deb xabar bermoqda FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi.

Yer silkinishi Toshkent vaqti bilan 03:03 da ro‘y bergan. Uning koordinatalari: 41,08 gradus shimoliy kenglik; 72,35 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda – 3,1. Chuqurlik – 5 km. Episentr – Toshkentdan 263 km janubi-sharqda.

Andijon va Namangan viloyatlarida sezilish kuchi:

  • Paxtaobod tumani – 2−3 ball, 15 km;
  • Izboskan tumani – 2 ball, 20 km;
  • Uchqo‘rg‘on tumani – 2 ball, 21 km.

Mavzuga oid