Fan-texnika | 16:44
2231
2 daqiqa o‘qiladi

Olimlar birinchi marta qo‘rg‘oshinni oltinga aylantirdi

Asrlar davomida qo‘rg‘oshinni oltinga aylantirish g‘oyasi - xrizopeya - erishib bo‘lmaydigan marradek tuyulgan edi.

Foto: Getty images

Fiziklar dunyodagi eng kuchli zarracha tezlatgichi bo‘lgan Katta adron kollayderida (KAK) birinchi marta qo‘rg‘oshinni oltinga aylantirishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda Newsweek xabar berdi.

Asrlar davomida qo‘rg‘oshinni oltinga aylantirish g‘oyasi - xrizopeya - erishib bo‘lmaydigan marradek tuyulgan edi. Bu ikki metalning zichligi o‘xshash, ammo atom darajasida farqlanadi, shuning uchun ularni kimyoviy usullar bilan bitta metallga aylantirib bo‘lmaydi. Biroq, yadroviy reaksiyalar yordamida bunga erishish mumkin, bu Yevropa yadroviy tadqiqotlar tashkiloti (CERN) tomonidan tasdiqlandi.

Tadqiqot davomida qo‘rg‘oshin yadrolari yorug‘lik tezligining 99,999993 foizigacha tezlashdi. Ular deyarli yuzma-yuz to‘qnashdi, lekin oxirgi lahzada ajralib ketdi. Fotoyadro reaksiyalari boshlandi, bu kamdan-kam hollarda qo‘rg‘oshin yadrolari (82 proton bilan) uchta protonni yo‘qotib, oltinga (79 proton bilan) aylanishiga olib keldi. Jarayon sekundiga 89 ming o‘zgarish tezligida sodir bo‘ldi, ammo hosil bo‘lgan atomlar tezda parchalanib ketdi.

Olimlar qo‘rg‘oshinni oltinga aylantirish mumkinligini tasdiqladi, biroq, uni ishlab chiqarish uchun Katta adron kollayderidan foydalanish eng yaxshi g‘oya emas. Tajribalar davomida olimlar oltinning arzimas hajmiga ega bo‘ldi - nikoh uzugini yasash uchun zarur bo‘lganidan trillion marta kamroq. Qimmatbaho metalning bir grammini olish uchun kollayderni kvadrillion yil davomida ishlatish kerak bo‘ladi.

Mavzuga oid