O‘zbekiston | 15:42
1963
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda eng ko‘p qaysi davlat fuqarolari tahsil olayotgani aytildi

2024-2025 o‘quv yili boshiga respublikadagi oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan xorijlik talabalarning umumiy soni 12,5 ming nafarni tashkil etgan.  

Foto: Kun.uz 

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, oliy ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan xorijlik talabalarning davlatlar kesimidagi soni bo‘yicha Hindiston yetakchilik qilmoqda – 6502 nafar;

Ushbu ko‘rsatkich qolgan davlatlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:

  • Turkmaniston – 1430 nafar;
  • Pokiston – 1250 nafar;
  • Rossiya Federatsiyasi – 732 nafar;
  • Qozog‘iston – 639 nafar;
  • Qirg‘iziston – 369 nafar;
  • Xitoy – 325 nafar;
  • Tojikiston – 322 nafar;
  • Koreya Respublikasi – 197 nafar;
  • Afg‘oniston – 157 nafar;
  • Kanada – 126 nafar;
  • boshqalar – 431 nafar.

Mavzuga oid