O‘zbekiston | 09:00
4777
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Toshkent mineral suvi: Afsona va haqiqat

Toshkent Mineral suvlari - bu nafaqat tabiiy resurs, balki mintaqaning boy tarixiy merosining bir qismidir. Juda qadim zamonlardan beri ular o‘zining shifobaxsh xususiyatlari bilan mashhur bo‘lib, buyuk hukmdorlar va mahalliy aholi hayotida muhim o‘rin tutgan.

Foto: Toshkent mineral suvi

Iskandar Zulqarnayndan Shayx Xovandi at-Tahurgacha

Qadimgi rivoyatlarga ko‘ra, Sharq an’anasida Aleksandr Makedonskiy nomi bilan mashhur bo‘lgan Iskandar Zulqarnayn O‘rta Osiyoga qilgan yurishlari chog‘ida hozirgi Toshkent atrofidagi tabiiy buloqlar yonida to‘xtagan. Bu suvlar jangchilarning jarohatlarini davolashga, kuchlarini qayta tiklashga yordam bergan. Afsonaga ko‘ra, A. Makedonskiy o‘z jarohatlarini hozirda Toshkent mineral suvlari deb ataladigan issiq buloqda davolagan.

Asrlar o‘tib, xuddi shu buloqlar yonida Hovandi at-Tahur kabi so‘fiy shayxlar ibodat qilishgan va hordiq chiqargan, uning nomi ma’naviy uyg‘onish va donolik ramziga aylangan. Ma’danli suv nafaqat jismoniy, balki ruhiy poklanishga ham xizmat qilgan.

Amir Temur davri: salomatlik davlatning ustuvor maqsadi sifatida

XIV asrda o‘z qo‘l ostiga juda keng yerlarni to‘plagan sohibqiron Amir Temur sog‘liqni saqlash sohasiga alohida e’tibor qaratgan. U tabiiy suv asosiy o‘rin tutgan hammom va shifoxonalardan tortib sihatgohlargacha bo‘lgan infratuzilmani faol rivojlantirdi. O‘sha davrdagi tibbiy tasavvurlarga ko‘ra, havo, tuproq va olov bilan bir qatorda suv ham inson salomatligini belgilovchi to‘rtta tabiat elementlaridan biri bo‘lgan.

Ayniqsa, Temurning nabirasi — Abu Said Mirzo tomonidan issiq buloqlari bor joyda qurilgan sihatgoh diqqatga sazovordir. U bog‘-rog‘lar orasida shinam joylashgan bo‘lib, zodagonlar va oddiy kishilar uchun shifo va dam olish maskaniga aylangan.

Asrlar osha meros: an’analarning qayta tiklanishi

Bugungi kunda shifobaxsh suvdan foydalanish an’analari davom etmoqda. “Toshmineralsuv bottler” kompaniyasi “1371 Tashkent Mineral” brendi ostida afsonaviy Toshkent mineral suvini qayta tiklamoqda. Bu nom 1371 yilga — rivoyatlarga ko‘ra, Toshkent atrofidagi shifobaxsh buloqlar ilk bor topilgan davrga borib taqaladi.

Zamonaviy ishlab chiqarish ilg‘or texnologiyalarni suvning tabiiy tarkibiga avvaylab munosabatda bo‘lish, uning noyob xususiyatlarini saqlab qolish bilan uyg‘unlashtiradi. Suv tarixiy chashmadan olinadi va minimal ishlovdan o‘tadi, bu uning tabiiy ta’mi hamda shifobaxsh xususiyatlarini saqlab qolish imkonini beradi.

1371 Tashkent Mineral'ning qaytib kelishi an’anaviylik va O‘zbekistonning boy madaniy merosiga hurmat ramzi bo‘ldi. Bu tarixga, tabiat haqidagi bilimlarni asrlar davomida saqlab kelayotgan avlodlarga va bu joylarning ruhiyatiga bo‘lgan hurmat va ehtiromdir. Toshkentning mineral suvi o‘tmish va bugunni o‘zaro birlashtirib, zamonlar osha o‘z yo‘lini davom ettirmoqda.

Sayt | Instagram | Facebook

Reklama huquqi asosida