Jahon | 07:36
1445
2 daqiqa o‘qiladi

Isroilning G‘azoga havo hujumlari: 18 kishi halok bo‘ldi

Isroil armiyasi blokadadagi sektorga zarba berishda davom etmoqda.

Foto: Anadolu Agency

Isroil armiyasining G‘azo sektori turli hududlariga, jumladan, ko‘chirilgan falastinliklar boshpana topgan maktabga uyushtirgan ketma-ket hujumi oqibatida 18 kishi, jumladan, ayollar va bolalar halok bo‘ldi.

Falastin tibbiy manbalari ma’lum qilishicha, Isroil kuchlari G‘azo shimolidagi Fatma bint Asad maktabiga zarba berdi, u yerda ko‘chirilgan falastinliklar bo‘lgan. Isroil samolyotlari binoga ikki marta hujum qildi, 16 kishi, jumladan, ayollar va bolalar halok bo‘ldi.

Guvohlarning xabar berishicha, Isroil qo‘shinlari G‘azo sharqidagi Tuffah hududidagi bir nechta binolarni kuchli otishma bilan vayron qilgan.

Bundan tashqari, Isroil uchuvchisiz uchog‘i G‘azo markazidagi Nuseyrat falastinlik qochqinlar lageridagi Hammad al-Hasanata masjidi yaqinidagi hududga hujum qildi, yosh qizcha halok bo‘ldi.

Shuningdek, bir necha kun avval Bureyj lageridagi Abu Xemis maktabining o‘qqa tutilishi natijasida yaralangan bir falastinlik ham olgan jarohatlaridan vafot etgan.

Nusayrat lagerining shimolidagi Ez-Zahra hududida Isroilning o‘qqa tutishi natijasida ikki falastinlik yaralandi.

Mavzuga oid