O‘zbekiston | 09:00
1541
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilmoqda

O‘zbekiston raqamli texnologiyalarni joriy etish sohasida jahon yetakchilari qatorida o‘z mavqeyini mustahkamlashda davom etmoqda va aktivlarni tokenlashtirish sohasida yangi qadam tashlamoqda: mamlakatda davlat obligatsiyalari bilan ta’minlangan HUMO tokenini ishga tushirish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Foto: HUMO

Loyiha xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning innovatsion usullarini yaratishga, ichki va xalqaro hisob-kitoblarni soddalashtirishga, moliyaviy operatsiyalarning shaffofligini oshirishga va yanada jozibador investitsiya muhitini yaratishga qaratilgan.

HUMO tokeni davlat obligatsiyalari bilan ta’minlanadi, bu esa ta’minlangan tokenning barqarorligini kafolatlaydi va uning qiymatidagi o‘zgarishlarni nivelirlaydi.

Shuni ta’kidlash kerakki, loyiha kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga to‘liq mos keladi.

Loyihaning asosiy ishtirokchisi – O‘zbekiston moliya sektorini raqamli transformatsiya qilishning asosiy drayverlaridan biri bo‘lgan HUMO to‘lov tizimi hisoblanadi. 35 milliondan ortiq kartalar va mamlakatning bank va savdo infratuzilmasiga keng integratsiyalashuvi bilan HUMO millionlab fuqarolarning kundalik moliyaviy hayotida muhim rol o‘ynaydi.

Ushbu ekotizim doirasida kafolatlangan tokenni joriy etish tranzaksiyalar ustidan nazoratni kuchaytirish, «soyali» operatsiyalar ko‘lamini kamaytirish va mamlakatda naqd pulsiz hisob-kitoblarga bo‘lgan ishonch darajasini oshirish, shuningdek, mamlakatga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatini yaratadi.

Ushbu loyihani amalga oshirish jarayonida kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi milliy xizmat ko‘rsatuvchi provayder - «Asterium» MChJ kompaniyasini, taqsimlangan ma’lumotlar reyestrlarini (blokcheyn) ishlab chiqish sohasidagi xalqaro ekspertlar – «Broxus» kompaniyasini jalb qilish rejalashtirilmoqda.

Loyiha ikkita texnologiya – EVM va TVM asosida ishga tushirilishi ko‘zda tutilgan. TVM uchun texnologik asos sifatida Tycho – tranzaksiyalar qiymati bo‘yicha yuqori yuklamalarni qo‘llab-quvvatlash, keng miqyoslilik va samaradorlikni ta’minlaydigan protokoli tanlangan.

Ta’minlangan HUMO tokeni foydalanuvchilarga bir qator asosiy afzalliklarni, jumladan: kechikishlarsiz va vositachilarsiz fiat vositalariga tokenni almashtirish uchun tezkor va avtomatlashtirilgan jarayonlar, tranzaksiya xarajatlarini kamaytirish, barcha operatsiyalarning shaffofligi va xavfsizligini oshirish uchun tarqatilgan ma’lumotlar reyestrida (blokcheyn) barcha operatsiyalarni qayd etish imkoniyatlarini taqdim etadi.

Operatsiyalarning to‘liq shaffofligi sabab ta’minlangan HUMO tokenidan foydalanish moliyaviy firibgarlikka qarshi kurashda ham samarali vosita bo‘ladi. Ta’minlangan HUMO tokenini chiqarish va muomalaga kiritish mexanizmi mamlakatning mavjud moliyaviy infratuzilmasiga integratsiyani hisobga olgan holda ishlab chiqilgan.

«Ta’minlangan HUMO tokenining ishga tushirilishi O‘zbekistonning innovatsion va zamonaviy moliya tizimini barpo etish yo‘lidagi muhim bosqichdir», – deya izoh berdi HUMO TT boshqaruvi raisi Aleksey Maksimov. - Haqiqiy aktivlar bilan to‘liq ta’minlangan ushbu tokenni yaratish fuqarolar ishonchini oshiradi, operatsiyalarni soddalashtiradi va mamlakat elektron iqtisodiyotining rivojlanishini tezlashtiradi. Bizning asosiy vazifalarimizdan biri shaffoflikni oshirish va firibgarlik xavfini kamaytirishdir, bu ayniqsa hozirgi sharoitda dolzarbdir».

«Ta’minlangan HUMO tokeni loyihasi yangi raqamli moliyaviy muhit uchun poydevor yaratmoqda», - dedi Asterium direktori Komilxo‘ja Sultonov. – Biz zamonaviy texnologiyalar kripto-aktivlar bilan o‘zaro aloqani an’anaviy vositalardan foydalanish kabi sodda va tanish qilgan holda, tabiiy ravishda kundalik moliyaviy jarayonlarga integratsiyalanayotgan barqaror infratuzilmani yaratmoqdamiz».

«Biz Broxus texnologiyasi bunday muhim davlat loyihasining bir qismiga aylanganidan xursandmiz», - dedi Broxus asoschisi Sergey Shashev. - Bizning vazifamiz - raqamli operatsiyalarni xavfsiz, hammabop va shaffof qiladigan yechimlarni yaratishdir, Tycho blokcheyni esa bu holda davlat miqyosidagi loyihalar uchun zarur bo‘lgan yuqori operatsiya tezligi, past komissiyalar va ishonchlilikni ta’minlaydi».

Ta’minlangan HUMO tokenini davlat organlari tomonidan qo‘llab-quvvatlash, uni haqiqiy aktivlarga bog‘lash va tasdiqlangan texnologiyadan foydalanish uni mamlakat moliya tizimiga integratsiyalash uchun mustahkam asos yaratadi. Kelgusida ushbu loyiha doirasida yaratilgan blokcheyn-platforma O‘zbekistonda yangi raqamli xizmatlarni rivojlantirish uchun asos bo‘lishi mumkin.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid