SAMMET Buxoroda metall mahsulotlari omborxonasini ochdi - qurilish sohasi uchun yangi qulayliklar
Buxoro viloyatida qurilish va sanoat sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar, pudrat tashkilotlari hamda kichik biznes sub’yektlari uchun muhim loyiha amalga oshirildi — SAMMET korxonasining metall mahsulotlarini saqlash va tarqatishga ixtisoslashgan zamonaviy omborxonasi ishga tushirildi.
Yangi baza mahalliy bozorda qurilish uchun zarur bo‘lgan metall armatura, truba, profil, metall sim o‘ramlari va boshqa turli metall mahsulotlarning doimiy va barqaror ta’minotini ta’minlashga xizmat qiladi. Bu esa qurilish jarayonida kechikishlar va narx o‘zgarishlari xavfini kamaytiradi.
SAMMET korxonasi ijrochi direktori Elmurod Murodov endilikda o‘rta va kichik ishlab chiqaruvchilar bilan ham hamkorlik boshlanganini aytdi:
“SAMMET korxonasi 2019 yildan 2024 yilgacha O‘zbekistondagi metall mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi eng yirik zavodlar bilan hamkorlikda faoliyat yuritib kelgan. 2024 yilning oxirgi choragidan boshlab nafaqat yirik ishlab chiqaruvchilar, balki o‘rta va kichik ishlab chiqaruvchi zavodlar bilan ham hamkorlikni yo‘lga qo‘ydik. Eng asosiysi O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan metall mahsulotlari importini yo‘lga qo‘ydik. Masalan: Eron, Xitoy, Qozog‘iston va Rossiyadan choksiz trubalar, dvutavrlar, katta o‘lchamdagi shvellerlar va boshqa mahsulotlarni import qila boshladik. O‘zbekistonda bu mahsulotlarga talab kattaligi bois, ularning narxini stabil ushlash, omborlarimizda zaxirani ko‘paytirish asosiy maqsadlarimizdan biri sanaladi.
Korxonamizning ustuvor tomonlaridan biri – respublikadagi barcha filiallarimizda yagona narxda savdo amalga oshiriladi. Uzoq yillardan beri davlat, nodavlat tashkilotlar bilan ishlab kelmoqda. Shu paytgacha mavsumiy ravishda ularni ta’minlab kelamiz. Davlat tashkilotlari bilan birja orqali, nodavlat tashkilotlar bilan esa to‘g‘rian to‘g‘ri shartnoma asosida metall mahsulotlari bilan ta’minlaymiz. Bu ularga nima qulaylik beradi? Yil davomida o‘zlariga kerakli metall mahsulotlarni topishadi. SAMMET korxonasi onlayn va oflayn savdoni yo‘lga qo‘ygan, birgina qo‘ng‘iroq orqali xaridlarini yetkazib berish xizmatlari bor. Bunda logistik to‘lovlar amalga oshiriladi, respublikaning istalgan hududidagi mijozga logistika imkoniyatlarini ham taqdim etamiz”.
Tashkil etilgan ombor:
- Qurilish kompaniyalariga mahsulotlarni istalgan vaqtda tez va oson olish imkonini beradi;
- Mavsumiy talab yuqori bo‘lgan davrlarda narxning keskin ko‘tarilishiga qarshi zaxira vazifasini o‘taydi;
- Mahalliy iqtisodiyotni rivojlantirish va yangi ish o‘rinlari yaratishga hissa qo‘shadi.
“SAMMET Buxoro shu paytgacha Buxorodagi ko‘plab korxonalarning metall maxsulotlari ta’minoti bilan shug‘ullanib kelgan. Ayniqsa qayta bunyod bo‘layotgan Buxoro shahri bino va konstruksiyalarida hissamiz katta. SAMMET nafaqat yirik soliq to‘lovchi va metall ta’minotchisi sifatida, balki ish beruvchi hamda mijozlarga hizmat ko‘rsatishda zamonaviy marketing va menejment yo‘nalishida ham Buxoro shahrimizda o‘zining o‘rniga ega tashkilot hisoblanadi.
Kelajakda kuchli komandamiz yordamida Buxoro va qo‘shni viloyatlar: Navoiy, Xorazm va Qoraqolpog‘iston Respublikasida bunyod etiladigan yangi shaharlarga o‘z hissamizni qo‘shamiz va xalqimizga kerakli vaqtda kerakli miqdorda, albatta, manfaatli narxlarda metall mahsulotlarini ta’minlab beramiz”, - deydi “SAMMET Buxoro” filiali rahbari Vladimir Tsay.
Omborning ochilish marosimi korxona mutasaddilari va hamkor tashkilotlar, mijozlar ishtirokida o‘tkazildi. Hamkorlarning ta’kidlashicha, ushbu omborxona qurilish jarayonining barqarorligi va ishlab chiqaruvchilar hamda buyurtmachilar o‘rtasidagi logistik bog‘lanishlarni soddalashtirishda muhim ahamiyatga ega.