Ukrainaning Kursk oblastiga bergan zarbasi oqibatida o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
Rilsk shahridagi mehmonxona vayronalari ostidan o‘zbekistonlik erkakning jasadi topildi.

Foto: Telegram/Aleksandr Xinshteyn
Ukraina Qurolli kuchlari (UQK) tomonidan Rossiyaning Kursk oblasti, Rilsk shahriga berilgan raketa zarbasi oqibatida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. Bu haqda Kursk oblasti gubernatori vazifasini bajaruvchi Aleksandr Xinshteyn ma’lum qildi.
«Vayron qilingan mehmonxona ostidan O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan 39 yoshli erkakning jasadi topildi», deb yozdi u.
Xabarda o‘zbekistonlik marhumning ismi sharifi keltirilmagan.
Xinshteyn so‘zlariga ko‘ra, hujum oqibatida yaralangan ikki kishi Kursk oblasti shifoxonasida og‘ir ahvolda.
Ukraina harbiylari Rilsk shahriga zarba bergani haqidagi xabarlar 11 may kuni paydo bo‘ldi. Rossiya tomoni zarba oqibatida uch kishi jarohat olgani, ikki avtomobil va ikki shaxsiy uy zararlanganini ma’lum qildi.
Ukraina ommaviy axborot vositalari Rilsk shahriga berilgan zarbaning nishoni mehmonxona binosida joylashgan Rossiya dengiz piyodalari 40-maxsus brigadasi bo‘lganini yozdi. Xabar qilinishicha, rossiyalik harbiylar vayronalar ostida qolgan. Jumladan, brigada qo‘mondoni o‘rinbosari Aleksandr Danilov og‘ir tan jarohati olgan va keyinchalik shifoxonada vafot etgan. Zarbada amerikaning HIMARS raketa tizimidan foydalanilgan.
Mavzuga oid

21:58 / 14.05.2025
Rossiyada migrantlarni robotlar bilan almashtirish taklif etildi

21:31 / 14.05.2025
Istanbul muzokaralari. Bu amalga oshadimi? 15 mayga belgilangan uchrashuv haqida hozirgacha nimalar ma’lum?

21:23 / 14.05.2025
Germaniyada uch nafar ukrainalik hibsga olindi

20:40 / 14.05.2025