Jahon | 23:21 / 15.05.2025
1662
2 daqiqa o‘qiladi

Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi

Rasmiylar aholini ehtiyot bo‘lishga va yangi emlashlarni olishga chaqirmoqda.

Foto: Unsplash

Osiyoda yana COVID-19 faol tarqalishni boshladi. Xususan, bir hafta ichida Hongkongda kasallikni yuqtirib olish foizi bir yil ichidagi eng yuqori darajada yetdi, deb xabar beradi Bloomberg.

Hongkong Sog‘liqni saqlash markazi ma’lumotlariga ko‘ra, og‘ir, jumladan, o‘lim bilan bog‘liq holatlar bir yil davomidagi maksimumga chiqqan. Oqova suv namunalari va kasalxonalarga murojaatlar ko‘paygani virus aholisi 7 milliondan oshadigan shaharda faol tarqalayotganidan dalolat beradi.

Singapur Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, bir hafta ichida kasallanish holati 28 foizga oshgan. Shifoxonaga yotqiziladigan bemorlar ulushi yetti kun oldingiga nisbatan 30 foizga ko‘p. Kasallanish holatlarining ko‘payishi odamlarda immunitet kuchsizlangani bilan bog‘lanmoqda.

Bloomberg agentligiga ko‘ra, so‘nggi bir necha oydan beri Osiyoning boshqa shaharlarida ham COVID-19 yuqtirib olish holatlari ko‘paygan. Rasmiylar aholini ehtiyot bo‘lishga va yangi emlashlarni olishga chaqirmoqda.

COVID’ning qaytishi shimoliy yarim sharning katta qismida yoz fasli boshlanayotgan paytga to‘g‘ri kelayotgani, virus hatto issiq ob-havo sharoitida ham aholining katta qatlamlarini zararlashi mumkinligini anglatadi.

Mavzuga oid