Ta’lim sohasi rahbarlarini ta’lim bilan bog‘liq bo‘lmagan majlislarga chaqirish taqiqlandi
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 15 may kuni maktab ta’limi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda tuman hokimlariga har oyda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlari rahbarlari, maktab direktorlari va bog‘cha mudiralari bilan uchrashib, muammolarni joyida hal qilish vazifasi yuklandi.
Mutasaddilar bundan buyon tuman bo‘limi rahbarlarini ta’lim bilan bog‘liq bo‘lmagan birorta yig‘ilishga jalb qilib bo‘lmasligi haqida qat’iy ogohlantirildi.
Yig‘ilish davomida maktabgacha va maktab ta’limi tizimi mutasaddilarining fikr va takliflari, hududlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi.
Mavzuga oid

20:52 / 15.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti bilan uchrashdi

17:38 / 15.05.2025
Bolalar kontentini rivojlantirish markazi tashkil qilindi

17:31 / 15.05.2025
Har yili 1 million o‘quvchi O‘zbekiston bo‘ylab sayohatga jalb qilinadi

15:52 / 15.05.2025