Jamiyat | 19:00 / 15.05.2025
592
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Toshkentdagi CAEx Uzbekistan xalqaro ko‘rgazmalar markazida O‘zbekiston energetika haftaligi – UEW 2025 bo‘lib o‘tdi

Tadbir Energetika vazirligi va "O‘zbekneftgaz" AJ rasmiy ko‘magida tashkil etildi. 13 -15 may kunlarida o‘tgan haftalik doirasida quyidagi yirik tadbirlar — 27-Xalqaro “O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2025” ko‘rgazmasi va anjuman, 18-Xalqaro “Power Uzbekistan 2025” ko‘rgazmasi, “Yashil energiya tejovchi texnologiyalar – GETCA 2025” ixtisoslashtirilgan bo‘limi, 5-Xalqaro energetika anjumani o‘tkazildi.

O‘zbekiston xalqaro energetika forumi haftalikning asosiy biznes dasturi sifatida bu yil “Barqaror energetika uchun mintaqaviy hamkorlik” shiori ostida tashkil etildi. Forum doirasida vazirlar muloqoti, xalqaro ekspertlar ishtirokidagi panel va texnik sessiyalar, strategik hamkorlik, ilg‘or texnologiyalar va xavfsiz energetika masalalari muhokama qilindi.

Joriy yil — “Atrof-muhitni muhofaza qilish va yashil iqtisodiyot yili” deb e’lon qilinganini inobatga olgan holda forumda “yashil energetika” va uglerod izini kamaytirish mavzulariga alohida e’tibor qaratildi.

Forum va ko‘rgazmada 465 ta kompaniya va brend, 90 dan ortiq spiker, 1 420 nafar delegat ishtirok etdi. Ishtirokchilar geografiyasi AQSh, Germaniya, Yaponiya, Xitoy, Rossiya, Koreya, Turkiya, BAA, Fransiya, Italiya, Hindiston kabi 30 dan ziyod mamlakatni qamrab olgan.

27-Xalqaro “O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2025” ko‘rgazmasi va anjumani ham qator tadbirlarni qamrab olgan. "O‘zbekneftgaz" AJ stendi orqali 10 dan ziyod qazib olish, qayta ishlash va gaz-kimyo korxonalari imkoniyatlari namoyish etildi.

Tadbir doirasida shuningdek, yoshlar o‘rtasida “Zakovat" intellektual o‘yini, “UNG XAKATON-2025”, “Energiya tejamkorlik Yangi O‘zbekiston bolalarining nigohida" tanlovi va eng yaxshi startaplar, innovatsion takliflar tanlovi g‘oliblarini taqdirlash kabi ijtimoiy ahamiyatga ega tadbirlar ham o‘tkazildi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid