Bloomberg: AQSh Rossiya-NATO kengashini qayta tiklashni taklif qildi
AQSh Ukrainadagi urushni tartibga solish doirasida Rossiya-NATO kengashi ishini qayta boshlashni taklif qildi. Ushbu formatdagi o‘zaro munosabatlar Rossiya hujumidan keyin to‘xtatildi.

Foto: Global Look Press
AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Rossiya-NATO kengashi doirasida xavfsizlik bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlashni taklif qildi, deb xabar qildi Bloomberg 15 may, payshanba kuni xabardor manbasiga tayanib. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu taklif yaqinda Amerikaning Rossiya-Ukraina urushini tinch yo‘l bilan hal qilish rejasiga kiritilgan.
Agentlikning eslatishicha, Moskva shu paytgacha AQShning o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi taklifini chetga surib kelgan. Reja, xususan, mojaroni muzlatish, Rossiyaning Qrim ustidan nazoratini tan olish va urush tufayli Amerika tomonidan Rossiyaga kiritilgan sanksiyalarni bekor qilishni nazarda tutadi. Ukraina, AQSh rejasiga ko‘ra, ishonchli xavfsizlik kafolatlari va qurolli kuchlarini rivojlantirish imkoniyatini oladi.
Rossiya-NATO kengashi 2002 yilda tuzilgan. Uning maqsadi Rossiya Federatsiyasi va Shimoliy Atlantika ittifoqiga a’zo davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish va harbiy-siyosiy harakatlarni muvofiqlashtirishdan iborat edi. Rossiyaning 2022 yilda Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi ortidan Rossiya-NATO kengashi amalda o‘z faoliyatini to‘xtatdi. Bunday formatdagi so‘nggi uchrashuv 2022 yilning yanvarida bo‘lib o‘tgan.
Mavzuga oid

18:23
Ukraina Rossiya ilgari surgan talablarni «norealistik» deb hisoblaydi - Reuters

16:50
Rossiyada migrant yigit yonayotgan kvartiradan uch bolani qutqardi

15:19
Estoniya Rossiyani mamlakat havo hududini buzganlikda aybladi

14:19