Jamiyat | 08:48
6003
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda poyezd ustida suratga tushmoqchi bo‘lgan bolalarni tok urdi 

Toshkent shahar Yunusobod tumanida poyezd ustida selfi tushmoqchi bo‘lgan ikki bolani tok urdi. 

Foto: Videodan kadr

“Millar” dasturida ma’lum qilinishicha, poyezd ustida suratga tushmoqchi bo‘lgan ikki bola og‘ir tan jarohati olgan. Holat Yunusobod tumanidagi temiryo‘lda sodir bo‘lgan.

Bola yerdan taxminan 1 metr balandlikka ko‘tarilganida katta kuchlanishdagi tok sabab portlash sodir bo‘lgan. Alangadan kuygan bola vagon chetidagi zinaga osilib qolgan.

Ikki bola ham zudlik bilan shifoxonaga olib borilgan. Ulardan birining ahvoli qoniqarli, ikkinchisiniki esa og‘ir bo‘lgani sababli jonlantirish bo‘limida.

Mavzuga oid