Kuchli shamol Toshkent shahri va viloyatida o‘n minglab iste’molchilarni «svetsiz» qoldirdi
Bo‘ron oqibatida Toshkent shahrida 8500 ta va Toshkent viloyatida 10300 ta iste’molchi elektr ta’minotidan vaqtincha uzilib qoldi. Ayrim joylarda chiroq avariyaviy o‘chdi, ayrim joylarda esa xavfsizlikni ta’minlash maqsadida dispetcherlar tomonidan o‘chirib turildi. Iste’molchilarni tarmoqqa ulash ishlari ketmoqda.

17 may kuni noqulay ob-havo ta’sirida (kuchli shamol) Toshkent shahri va Toshkent viloyatining ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilish yuz berdi.
Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, Toshkent shahri va viloyatidagi ayrim elektr tarmoqlari xavfsizlikni ta’minlash maqsadida qo‘lda o‘chirilgan.
Buning oqibatida Toshkent shahrida 8500 ta va Toshkent viloyatida 10300 ta iste’molchi elektr ta’minotidan vaqtincha uzilgan.
Ta’kidlanishicha, maxsus brigadalar tomonidan nosozliklarni bartaraf qilish hamda iste’molchilarning elektr ta’minotini qayta tiklash choralari ko‘rilmoqda.
Mavzuga oid

18:12 / 03.04.2025
2025–2026 yillarda 3 mingga yaqin mikro GES qurilishi belgilandi

16:16 / 25.03.2025
Qattiq maishiy chiqindilarni yoqish orqali elektr energiyasi ishlab chiqariladi

20:07 / 13.02.2025
Elektr energetikasi sohasidagi faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi belgilandi

23:17 / 20.03.2024