O‘zbekiston va Shvetsiya Afg‘oniston yo‘nalishidagi hamkorlikni muhokama qildi
O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev Shvetsiya Adliya vazirligi huzuridagi Migratsiya masalalari departamenti direktori Sofiya Ostmark bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Foto: "Dunyo" AA
TIV ma’lumotiga ko‘ra, suhbat chog‘ida tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini, jumladan migratsiya sohasidagi o‘zaro aloqalar va mintaqaviy kun tartibini muhokama qildilar.
Afg‘onistondagi vaziyat va insonparvarlik yo‘nalishidagi hamkorlikning mumkin bo‘lgan shakllari yuzasidan fikr almashishga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv konstruktiv ruhda o‘tdi hamda amaliy muloqotni yanada chuqurlashtirish borasida tomonlarning o‘zaro manfaatdorligini tasdiqladi.
Mavzuga oid

14:24
O‘zbekiston va Afg‘oniston iqtisodiy aloqalarni faollashtirishga kelishib oldi

23:39 / 03.07.2025
Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan olgan birinchi davlat bo‘ldi

18:33 / 03.07.2025
Shavkat Mirziyoyev Mulla Abdul G‘ani Barodarni qabul qildi

15:39 / 29.06.2025