Putin va Tramp telefon orqali muloqot qildi. U ikki soatdan ortiq davom etdi
Tomonlar Rossiya-Ukraina urushini hal etish masalasini muhokama qildi. RF yetakchisi suhbatni «ochiq va mazmunli» deb baholadi va Trampga minnatdorchilik bildirdi.

Foto: Getty images
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh prezidenti Donald Tramp telefon orqali muloqot qildi. Suhbat Putin Sochidagi «Sirius» ta’lim majmuasi binosiga tashrif buyurgan vaqtda bo‘lib o‘tdi.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, u Trampga Rossiya Ukrainaga «bo‘lajak tinchlik sulhining memorandum» ustida birgalikda ishlash taklifini berishga tayyorligini ma’lum qilgan.
Rossiya prezidenti, shuningdek, Istanbulda Ukraina bilan tinchlik muzokaralarining tiklanishi tomonlar «to‘g‘ri yo‘lda ekani»dan dalolat berishini qo‘shimcha qilgan.
«Suhbat ochiq va mazmunli bo‘ldi. Fikrimcha, juda foydali bo‘ldi. Men Donald Trampga bevosita muzokaralarni qayta tiklashni qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirdim. U sulh masalasidagi o‘z pozitsiyasini bayon qildi. Men Rossiya tinch yo‘l bilan mojaroni hal etish tarafdori ekanini ta’kidladim. Biz tinchlik sari eng samarali yo‘llarni aniqlab olishimiz kerak.
Biz RF kelajakdagi bitim memorandumi — uning prinsiplari, muddati va hokazolar, shu jumladan, muayyan kelishuvlarga erishilgan taqdirda, ma’lum muddatga o‘t ochishni to‘xtatish imkoniyati bo‘yicha Ukraina tomoni bilan ishlashga tayyorligiga kelishib oldik. Istanbuldagi uchrashuv ishtirokchilari o‘rtasidagi aloqalar tiklandi…
Men suhbatni yuqori baholayman. Asosiy masala — har ikki tomon tinchlikka intilishda maksimal darajada harakat qilishi va barcha tomonlarni qoniqtiradigan murosalarni topishidir. Umuman olganda, Rossiyaning pozitsiyasi aniq: biz uchun eng muhimi — inqiroz sabablarini bartaraf etishdir», — dedi Putin muloqotdan keyin.
Mavzuga oid

01:09
Tramp Putin bilan muloqotdan keyin Rossiya va Ukraina «zudlik bilan» muzokaralar boshlashini ma’lum qildi

20:50 / 19.05.2025
Putin urushdan qanday chiqishni bilmaydi – Vens

20:22 / 19.05.2025
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilishdan oldin Zelenskiy bilan gaplashdi

15:01 / 19.05.2025