AQSh 200 ming ukrainalikni deportatsiya qilishi mumkin
Gap vaqtincha himoya maqomiga ega shaxslar haqida ketmoqda. Ular o‘z vataniga xavfsiz qaytib bora olmagan taqdirda AQShda yashash va ishlash huquqiga ega.

Foto: AP
AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati 700 ming nafar migrantni, jumladan, Rossiya bilan urushdan qochgan 200 ming nafar ukrainalikni «ixtiyoriy deportatsiya» qilish rejasini ishlab chiqqan. Bu haqda The Washington Post xabar berdi.
Gap vaqtincha himoya maqomiga (TPS) ega shaxslar haqida ketmoqda. Ular o‘z vataniga xavfsiz qaytib bora olmagan taqdirda AQShda yashash va ishlash huquqiga ega.
Ukrainaliklardan tashqari, deportatsiya rejasida haitiliklar, afg‘onlar, falastinliklar, liviyaliklar, sudanliklar, suriyaliklar va yamanliklar ham tilga olingan. Ularni deportatsiya qilishga 250 million dollar sarflanadi. Oq uy bu mablag‘ni Qochqinlar va migrantlarga favqulodda yordam fondidan olishni rejalashtirmoqda.
Davlat departamentining sobiq yuqori martabali amaldorlari va huquq himoyachilari mazkur rejani tanqid qilgan, uni insoniylikka zid va Amerika qadriyatlariga mos kelmaydi, deb baholagan. Ularning ta’kidlashicha, bu yordamga muhtoj odamlarni hayoti xavf ostida bo‘lgan joyga qaytishga majbur qiladi. Shuningdek, nashr suhbatdoshlari xalqaro yordam dasturlari doirasida ajratilgan mablag‘larni deportatsiyaga sarflash qonuniyligiga shubha bildirishgan.
Ushbu hujjatlar AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi (DHS) 5 may kuni vataniga ixtiyoriy qaytishga rozi bo‘lgan migrantlarga 1000 dollardan to‘lash rejasini e’lon qilishidan oldin tayyorlangan. DHS vakili Trisha Maklaflin bu hujjatlarning haqiqiyligini tasdiqlagan, biroq ularning «eskirganini» ham qayd etgan. Unga ko‘ra, Ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem hozircha ukrainalik va haitiliklar uchun TPS maqomini bekor qilish bo‘yicha «yakuniy qarorni» qabul qilmagan.
Maklaflinning aytishicha, hozirda Ichki xavfsizlik vazirligi va Davlat departamenti AQShda qolish huquqini yo‘qotgan migrantlar bilan shug‘ullanmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, deportatsiya qilinadigan ilk guruhga afg‘onlar kiritilishi mumkin.
TPS maqomi ukrainaliklarga ilk bor 2022 yilda, Rossiya urushi boshlanganidan keyin, prezident Jo Bayden tomonidan berilgan edi. Tramp Oq uydagi ikkinchi muddati boshlanganidan so‘ng Ichki xavfsizlik vazirligiga insonparvarlik asosidagi boshpana dasturlarini to‘xtatishni buyurgandi. 2025 yil 19 fevral kuni CBS News AQSh hukumati ukrainaliklar va Lotin Amerikasidan kelgan, ilgari kirishga ruxsat berilgan fuqarolarning immigratsion arizalarini ko‘rib chiqishni to‘xtatganini xabar berdi.
Shu bilan birga, AQSh Davlat departamenti mamlakat fuqarolariga Ukrainaga safar qilishni tavsiya etmaydi, bu esa u yerda katta xavf mavjudligini tan olganini bildiradi. Xalqaro huquq esa bunday holatda qochqinlar hayoti yoki erkinligi xavf ostida bo‘lgan yurtlariga qaytarishni man etadi.
Mavzuga oid

22:47 / 20.05.2025
Rossiya fuqaroligini olgan 20 ming chet ellik Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda - Bastrikin

22:39 / 20.05.2025
AQSh yangi atom bombasi yaratilganini e’lon qildi

20:43 / 20.05.2025
Zelenskiyning Trampni og‘dirishga urinishi muvaffaqiyatsizlikka uchradi – OAV

17:07 / 20.05.2025