Jahon | 09:04
1213
2 daqiqa o‘qiladi

Britaniya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yana kuchaytirdi

Yevropa Ittifoqi ortidan London Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishdan bosh tortgan Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni e’lon qildi. Ushbu choralar «Rossiya harbiy mashinasini, energiya eksportini va axborot urushini qo‘llab-quvvatlovchi» tashkilotlarga qarshi qaratilgan.

Foto: REUTERS / May James

Yevropa Ittifoqi ortidan Buyuk Britaniya to‘rt yildan beri Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli urush olib borayotgan Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi. Yangi choralar «Rossiyaning urush mashinasini, energiya eksportini va axborot urushini qo‘llab-quvvatlovchi» tashkilotlarga mo‘ljallangan», — deya ma’lum qildi Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi 20 may, seshanba kuni.

Bundan tashqari, jazo choralari Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga qarshi urushini moliyalashda ishtirok etgan «moliyaviy institutlarga» qaratilgan, deyiladi bayonotda. Buyuk Britaniyaning qora ro‘yxatiga, jumladan, «strategik ahamiyatga ega bo‘lgan moliyaviy xizmatlar sohasida biznes yuritish orqali» foyda ko‘radigan Omonatlarni sug‘urtalash agentligi va Sankt-Peterburg valuta birjasi ham bor.

Bundan tashqari, eksport-import operatsiyalari bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi «A7» moliyaviy kompaniyasi, shuningdek, «Surgutinvestneft», «VTB Registrator» va «VTB Spetsializirovannyy depozitariy» kompaniyalari ham sanksiyalar ostida qoldi.

Sanksiyalar ro‘yxatiga Rossiya «soyadagi» flotining yana 18 ta kemasi va 20 nafar shaxs qo‘shildi. Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi ma’lum qilishicha, Rossiyaning yaqinda uchuvchisiz uchoqlari tomonidan amalga oshirilgan hujumlari Rossiya rasmiylari «urush qo‘zg‘atuvchisi» ekanligini yana bir bor ko‘rsatdi.

Mavzuga oid